Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Instagram olamida: Asal Shodievadagi ba'zi o'zgarishlar va Nargiz Zokirova haqida...

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 923           Дата: 16-06-2016, 02:01          
Instagram olamida: Asal Shodievadagi ba'zi o'zgarishlar va Nargiz Zokirova haqida...

Zarina Munisaga taqlid qilyaptimi?

Instagram olamida: Asal Shodievadagi ba'zi o'zgarishlar va Nargiz Zokirova haqida...

Zarinaning yangi imijidan muxlislar noroziga o'xshaydi. Aktrisaning kelinlik libosida tushgan surati ostida ayrim muxlislar turli e'tirozlarini yozib qoldirgan. Ba'zilar Zarinaning kelin bo'lgisi kelyapti desa, muxlislardan biri Zarinaning Munisa Rizaevaga o'xshab qolganligini aytgan.

Nargiz Zokirovova do'stiga minnatdorchilik bildirdi

Instagram olamida: Asal Shodievadagi ba'zi o'zgarishlar va Nargiz Zokirova haqida...

Nargiz Zokirovaning turmush o'rtog'i bilan ajrashayotganligi haqidagi shov-shuvlar hozircha tinganicha yo'q. Ammo kuni kecha u instagramdagi sahifasi orqali do'stini quchoqlab tushgan surati ostida Kobichga do'stligi va sadoqati uchun minnatdorchilik bildirdi.

Sardor Rahimxon hamkasblarini muvaffaqiyati bilan bilan tabrikladi

Instagram olamida: Asal Shodievadagi ba'zi o'zgarishlar va Nargiz Zokirova haqida...

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon aktrisa, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ra'no Shodieva hamda “ElDiDo” guruhi xonandasi Dilniyozni hayotlaridagi jiddiy voqea bilan tabrikladi.

Kuni kecha O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti talabasi aktrisa Ra'no Shodievaning diplom ishini a'lo bahoga himoya qilganligi haqida xabar bergan edik. Aktrisa magistrlik darajasini oldi. Sardor Rahimxon aktrisani ushbu muhim hodisa bilan tabriklab, “Sevimli aktrisamni magistrlik bilan tabriklayman”, deya izoh qoldirgan.

P/S: “ElDiDo” guruhi xonandasi Dilniyoz ham aktrisaning kursdoshi bo'lib, u ham magistrlik darajasiga ega bo'lgan.

Asal Shodieva familiyasi o'zgarganligini ma'lum qildi

Instagram olamida: Asal Shodievadagi ba'zi o'zgarishlar va Nargiz Zokirova haqida...

Aytish mumkinki, Sevinch va Sharofdan so'ng san'atkorlarning birgalikda turmush qurishi urfga aylandi. Ana shunday juftliklardan biri Shohruhxon va Asal Shodieva bo'lib, ularning yaqinda bo'lib o'tgan to'yi shov-shuvi haligacha tingani yo'q. Kelin - Asal Shodieva bugun instagramdagi sahifasida to'y fotosessiyalaridan birini joylashtirib, familiyasini: Shodieva (Yuldasheva) tarzida o'zgarganligini ma'lum qildi.

Shuhrat Yo'ldoshevdan rafiqasining suratini qo'yishini so'rashmoqda

Instagram olamida: Asal Shodievadagi ba'zi o'zgarishlar va Nargiz Zokirova haqida...

Xonanda Shohruhxonning ukasi Shuhrat Yo'ldoshev akasining to'yidan so'ng instagramagi sahifasida ilk oilaviy suratini joylashtirdi. Surat ostiga esa “Oilam” deya izoh qoldirdi. Shuhrat Yo'ldoshevning ijodiga omad tilagan muxlislar undan o'z rafiqasining suratini ham sahifasida joylashtirishini so'ragan.

Shohruhxon: “Sening baxting-mening baxtim”

Instagram olamida: Asal Shodievadagi ba'zi o'zgarishlar va Nargiz Zokirova haqida...

Shohruhxon esa rafiqasi bilan fontan bo'ylab sayr qilmoqda. Ushbu daqiqalar muhrlangan surat ostiga esa “Sening baxting-mening baxtim” deya izoh qoldirgan. Muxlislar ikki yoshga baxt tilab, bir umr birgalikdagi umrguzaronlik qilishlarini tilab qolishgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн