Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Egizak opa-singil aktrisa Olsenlar 30 yoshga to'ldi 

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 317           Дата: 16-06-2016, 02:01          
Egizak opa-singil aktrisa Olsenlar 30 yoshga to'ldi 

Egizak opa-singil Eshli va Meri-Keyt Olsen o'zlarining birinchi kinosinovlaridan 6 oylik davrlarida o'tganlar va keyin 8 mavsum davomida "To'la uy" komedik serialida yolg'iz otaning kenja qizi Mishel Tanner rolini ijro etishgan. Prodyuserlar bu ayyorlikka balog'atga etmaganlar mehnati haqidagi qonunni chetlab o'tish uchun borishgan, biroq opa-singillar uchun bu juda qo'l kelgan.

Ular bu rollari uchun yosh artistlarga beriladigan mukofot Young Artist Awards’ni 3 marta qo'lga kiritishgan. Ular shou yakunlangandan keyin o'zlarining agentliklarini tashkil etishgan (shu tariqa tarixdagi eng yosh prodyuserlar bo'lishgan), o'z brendlarini ommalashtirib, yoshlar o'rtasida ommalashgan bir nechta filmlarda suratga tushib, yoshlar o'rtasida o'ziga xos uslub yaratishgan.

Egizak opa-singil aktrisa Olsenlar 30 yoshga to'ldi 

Qizlar 2002 yilda 17 yoshlarida birinchi marotaba eng boy mashhurlarning yuztaligiga kirishgan, 5 yildan keyin esa 100 mln dollarlik davlat bilan ushbu ro'yxatning 11-pog'onasini egallashgan.

Opa-singil 2004 yildan birgalikda suratga tushmay qo'yishgan, ularning yakka tarzdagi faoliyatlari esa muvaffaqiyatli bo'lmagan.

Hozirda ularning asosiy mashg'ulotlari moda bo'lib qolmoqda va gap "To'la uy" serialining davomini olish haqida ketganda ular bandliklari sababli serialdagi rollariga qaytishni rad etishgan.

Egizak opa-singil aktrisa Olsenlar 30 yoshga to'ldi 

Serial prodyuserlari serialning davomi – "Yanada to'la uy"ning birinchi mavsumida (2016 yil boshida chiqqan) yana ayyorlikka borishdi: qizlarning qahramoni ancha uzoqda yashagani sababli kadrda paydo bo'lmaydi. Opa-singil bilan muzokaralar olib borilmoqda va serial mualliflari egizaklardan biri serialda qatnashishga rozi bo'lishiga umid qilishmoqda.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн