Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Robbi Uilyamsning Los-Anjelesdagi 5,45 mln dollarlik uyi 11 mln dollarga baholandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 115           Дата: 15-06-2016, 14:20          
Robbi Uilyamsning Los-Anjelesdagi 5,45 mln dollarlik uyi 11 mln dollarga baholandi

Mashhur britaniyalik pop-qo'shiqchi Robbi Uilyams 2002 yilda 5.45 mln dollar evaziga sotib olgan Los-Anjelesdagi uyini 11 million dollar foydasi bilan sotishni mo'ljallayapti, deya xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri.

Maydoni 984,8 kv.m ni tashkil etgan uy San-Fernando vodiysiga qaragan Beverli-Xillz tepaligida joylashgan bo'lib, 7 yotoqxona, ovoz yozish studiyasi va ofisdan iborat. Xonalar esa zamonaviy uslubda jihozlangan. Hovlining orqa qismida kichik sharsharali hovuz, oshxona va toza havoda ovqat pishirish uchun mo'ljallangan ayvon mavjud.

2002 yilda EMI ovoz yozish studiyasi bilan birgalikda etti musiqiy albomni yozish uchun shartnoma imzolagan Robbi “qimmatbaho uyi”ni ham aynan shu yil sotib olgan edi. O'sha paytda qo'shiqchi imzolangan shartnomasi uni o'zi kutganidek boyitib yuborishini taxmin qilgan edi.
Ayni damda sotuvda bo'lgan uy qarshisida boshqa bir uyni xarid qilishganiga qaraganda Uilyams va uning rafiqasi Los-Anjelesni hali beri tark etadiganga o'xshamaydi.

Mahalliy rieltorlardan biri Jeff Kolning fikricha, “o'n yil davomida ularning bir joyda yashashi shaharning bir qismini to'liq kashf etishlari uchun etarli muddat”, deb hisoblaydi.

1974 yilda tug'ilgan qo'shiqchining albomlari 55 mln nusxada sotilgan. Avvaliga mashhur Take That guruhi tarkibi a'zosi bo'lgan Robbi 1990 yilda o'z yakkaxon ijodiga kirishib, dunyo bo'ylab shuhrat qozondi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн