Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Aktrisa Muqaddas Xoliqova oilalarning ajrashishida kelinlar va ularning onalarini aybladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 799           Дата: 14-06-2016, 21:20          
Aktrisa Muqaddas Xoliqova oilalarning ajrashishida kelinlar va ularning onalarini aybladi

“Qalampir” nashri o‘zbek kinosi va teatrining yorqin namoyondasi O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova bilan intervyu uyishtirdi.

Muqaddas Xoliqova jurnalistning “O‘g‘lingiz yo‘qligi armon emasmi?”, degan savoliga javob berar ekan, bugungi kunda yosh oilalarning mayda muammolar sabab ajrashib ketayotgani masalasiga ham e’tibor qaratdi. U bu borada kelinlar va ularning onalarini asosiy aybdor sifatida ko‘rsatdi.

“Uch qizni voyaga yetkazdik, ikkisini uzatdik, kuyovlarimiz o‘z o‘g‘limizdek bo‘lib ketishgan. Bugun ba’zi sho‘rlik qaynonalarning holatini, kelinlarga so‘zini o‘tkaza olmayotgani, tuxmatga qolayotganini ko‘rib, Yaratgan menga o‘g‘il farzand bermaganiga shukur qilayapman. Chunki ko‘p oilalarning qizlari hali hayotga tayyor emas. Balki, ota-onalar tarbiyada xatoga yo‘l qo‘yishyaptimi... To‘g‘ri, men bu gaplar bilan qizlarimizni qoralash, oilaviy muammolarda faqat ularni aybdor qilish fikridan yiroqman. Yigitlarimizda ham kamchiliklar yo‘q emas, albatta. Lekin ba’zi oilalarda kelinlar qaynota va qaynonani, hatto, turmush o‘rtog‘ini ham mensimay qo‘ygan.

Yaqinda telefonlarda tarqalgan bir ovozli yozuvni eshitib qoldim. Haligi yozuvda kelin qaynonasini chunonan yomonlayaptiki... Atirgulning hidiga oshiq bo‘lgan odam uning tikaniga ham chidashi kerak. O‘z onasi bilan telefonda suhbat qurayotgan kelinning gaplarini eshitib, tepa sochim tikka bo‘ldi. “Mana erim kelib to‘g‘ri onasining yoniga kirib ketdi, meni yonimga kirmadi ham. Atayin xonamda o‘tiribman, qani ovqatga meni chaqirisharmikin deb”, deydi haligi kelinchak. Go‘shakning narigi tarafida turgan ona esa qizini yo‘lga solish o‘rniga, ishni yanada chigallashtirib, qizini gij-gijlayapti v “Mayli bitta farzand tug‘ib olgin”, deb tasalli beryapti. Qiziq, o‘sha ona bu bilan nima demoqchi?

Tavba, qanday zamonlarga qoldik? O‘sha kelinning eri nega ishdan kelgach, onasi qolib, xotinining yoniga kirishi kerak, qani ayting? O‘g‘il boqib, oq yuvib, oq tarab, kelinining qo‘liga topshirib qo‘yish aybmi?

Ming afsuski, oilaning muqaddas ekanini unutib qo‘yyapmiz. Oila poyabzal emaski, bu bo‘lmasa, boshqasi deyilsa. Spektakllar, kinolarda o‘g‘illarning onasini, ya’ni qaynonalarni keliniga kun bermaydigan, qildan qiyo qidiradigan qilib ko‘rsatib kelinadi. Aslida hamma ayb qizlarimizning onasida! Oilalarning ajralib ketishiga qizlarning onasi sababchi bo‘lyapti.

To‘g‘ri, har bir qiz oilasidagi muammolarni aytib, uyiga yig‘lab kelishi mumkin. Shunday paytda onalar “Bizning avlodimizda oilasidan ajrashgan chiqmagan, o‘sha uydan o‘liging chiqsa chiqadiki, tiring meni uyimga kelmaydi”, degan gapni aytishi kerak. Yo‘q, hozirgi onalar qiziga qo‘shilib hasrat qiladi. “Kichkina qornimga siqqan qizim, katta hovlimga sig‘maydimi”, deb oilani jar yoqasiga olib keladi”, deydi O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova.

Ko‘rsatuvda davomida aktrisa ancha yillardan buyon diliga tugib yurgan gaplarini yuzaga chiqardi. Hamkasbi Saida Rametovaga oid internetda tarqalgan videolarga munosabat bildirar ekan, bu videolarni tomoshabin sifatida to‘g‘ri qabul qila olmaganini ro‘y-rost aytdi. Dasturni tez orada e’tiboringizga havola etamiz.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн