Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Kumush Razzoqova Nargiz Zokirovaning sochsiz boshi, tatuirovkasi va u haqdagi tarqalgan mish-mishlar haqida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 071           Дата: 14-06-2016, 16:00          
Kumush Razzoqova Nargiz Zokirovaning sochsiz boshi, tatuirovkasi va u haqdagi tarqalgan mish-mishlar haqida

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Kumush Razzoqova hamkasbi Nargiz Zokirova haqida tarqalgan mish-mishlar, uning yashash tarzi, sochsiz boshi va tatuirovkalariga “Sabo.uz” gazetasi saytiga bergan intervyusida munosabat bildirdi.

– Siz bir paytlar bugungi kunda dunyo estradasida nomi chiqqan va ayni paytda o'zbek matbuotida muhokamasi davom etayotgan mashhur Nargiz Zokirova bilan deyarli bir vaqtda ijodni boshlagansiz. Uning bugungi faoliyati bilan tanishmisiz? U haqida bolalab ketgan shou-shuvlar haqida qanday fikrdasiz?

– U ijodga kirib kelgan kezlarda men san'atning nonini eb yurgan xonanda edim. "Sado” ansamblida uch nafar qiz birga ijod qilardik. Nargiz bilan esa o'sha "Vodillik kelin" filmida uchrashib qolganmiz. To'g'ri, Nargiz oldin Toshkentda faoliyatini boshlagan. Lekin volidasining salomatligi yomonlashganidan so'ng Amerikaga ko'chib ketishdi. Kelib chiqishi, tug'ilgan yurti O'zbekiston bo'lgani bilan u uzoq vaqt chet elda yashadi. Hayot taqozosi bilan Amerikadagi qahvaxona va restoranlarda tirikchilik uchun qo'shiq aytib yurganidan ham xabarim bor.

Kumush Razzoqova Nargiz Zokirovaning sochsiz boshi, tatuirovkasi va u haqdagi tarqalgan mish-mishlar haqida

– Tanasidagi turli xil tatuirovkalar bilan san'atda portlash qilgani ba'zilarga ma'qul kelmas...

– Albatta, o'zga yurtda bo'lganidan keyin o'sha erga moslashishiga to'g'ri keladi. Endi u haqidagi gap-so'zlariga keladigan bo'lsak, odamlarning o'zi har xil fikrda-ku. Hozirgi zamon estradasining ahvoli va o'zgarishlarini barchamiz birdek ko'rib, anglab turibmiz. Balki, sochsiz yalang'och boshi, tanasidagi turli xil tatuirovkalar bilan san'atda portlash qilgani ba'zilarga ma'qul kelmas. Bu mentalitetimizga xos bo'lmagan holatdir. Lekin o'sha erdagi muxlislariga manzur kelyapti-ku?.. Yurtimizda ham uning muxlislari ozmuncha emas.

Balki shunday imij va uslubda chiqqani uchun o'zini yaxshi his qilar. Nazarimda bu o'ziga ham yarashadi, bilmadim men uchun juda qo'pol ko'rinmaydi. Chunki Nargiz endi 16-17 yoshli qizcha emas-ku?! Har holda ona, buvi bo'lgan ayol. Xatti-harakatlarida o'zining didi borligi yaqqol ko'rinib turadi. Endi rok yo'nalishidagi xonandalarning xarakteri va kiyinish uslubi shunday-da. Lekin u haqida kim qanday fikrlashidan qat'i nazar Nargiz ovozi, dardi bor xonanda deb bilaman. Men uni shaxsiy mulohazalarim bilan yaxshi yoki yomonga chiqarolmayman.

Kumush Razzoqova Nargiz Zokirovaning sochsiz boshi, tatuirovkasi va u haqdagi tarqalgan mish-mishlar haqida

Ammo menga bir tomoni yoqmadi. U Rossiya shousida portlash qilib chiqqanidan so'ng qisqa vaqt ichida mashhur bo'ldi. Keyin yurtdoshlarimiz bilan internet orqali ko'ngilsiz suhbatlarni qilishga ham ulguribdi. O'sha paytda uni qoralab, yomonlagan va imijini "axloqsizlik” deya ta'kidlaganlar bilan gap tortishishi shart emas edi. O'zbekiston nomini yoki xalqni qo'shishning umuman zarurati ham yo'q edi. Jimgina o'shalarga dangal gapirib, mavzuga nuqta qo'ymaydimi, dedi-dedilarni ko'paytirmasdan. Ochig'ini aytaman, men uchun u baribir iqtidorli qo'shiqchi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031