Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shoh Jahon Jo'raev Ramazon oyidan ilhomlanib, yangi qo'shiq yaratdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 624           Дата: 14-06-2016, 16:00          
Shoh Jahon Jo'raev Ramazon oyidan ilhomlanib, yangi qo'shiq yaratdi

Ramazon oyi ko'plab ijodkorlarga yangi mavzu va ko'tarinki kayfiyat bag'ishlamoqda. Shoiru yozuvchilarimiz muborak oy munosabati bilan ezgulikni targ'ib qiluvchi she'rlar, hikoyalar yozayotgan bo'lsa, mohir musavvirlarimiz turli rangdagi bo'yoqlarda mehr-oqibat, halollik, poklik haqidagi tuyg'ularini ifodalayapti, fotograflarimiz ro'za odoblari bilan bog'liq lahzalarni kadrlarga muhrlamoqda.

Shu qatorda, iste'dodli xonanda Shoh Jahon Jo'raev ham Ramazon oyidan ilhomlanib, yangi qo'shiq yaratdi. Buyuk ajdodimiz, tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, shoir Xoja Ahmad Yassaviy (Yassi yaqinidagi Sayram shahri, taxminan 11-asrning 2-yarmi tug'ilgan va 1166 yilda vafot etgan) qalamiga mansub «Muhammad (s.a.v)» g'azalini kuyga solib, ijro etdi.

— Yurtimizda to'rt fasl o'z o'rnida keladi, — deydi Shoh Jahon Jo'raev. — O'ylab ko'rsangiz, odamlarning jazirama issiqda ham, qahraton sovuqda ham ma'naviy va moddiy istaklarini chegaralab, nafsini tiyib, ro'za tutishi shunchaki ibodat emas. Balki har qanday sharoitda ham bir-birini qo'llab-quvvatlashi, o'zaro mehr-muruvvatli bo'lishi, hurmat-izzat ko'rsatishi, pirovardida, ona yurtimiz, mustaqil O'zbekistonimizning yanada gullab-yashnashi, rivojlanib, chiroy ochishi uchun yakdil bo'lib mehnat qilish, kuch-qudratimizni, salohiyatimizni safarbar etish, bunga to'sqinlik qiladigan har qanday illatu balolardan, yomonliklardan tiyilishdek qon-qonimizga singgan qadriyatlar tushuniladi. Demak, buning zamirida yanada ulkan, yanada ulug'vor ibodat — vatanni sevmoq ibodati bor ekan. Qo'shiqda biz ulug' bobomiz Hazrat Yassaviyning «Hikmat» kitobiga murojaat qilib, ana shu mushtarak maqsadga xizmat qiladigan, qalblarda odamgarchilik, iymon-e'tiqod tuyg'ularini uyg'otuvchi dilbar g'azalini kuyga solib, muxlislar e'tiboriga havola qilmoqdamiz.

Rivoyatlarga ko'ra, Yassaviy 63ga (payg'ambarimiz (s.a.v) yoshiga) etgach, er ostida hujra yasatib, «chilla»ga kirgan, qolgan umrini toat-ibodat qilib, qimmatli hikmatlar yozib, riyozatlar chekib, er ostida o'tkazgan. Bir rivoyatga ko'ra, u 125 yil, boshqa rivoyatga qaraganda, 133 yil umr ko'rgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн