Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rashid Xoliqov: “Ruslan Sharipov 17 yil avval javobimni berib yuborgandi”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 995           Дата: 14-06-2016, 00:25          
Rashid Xoliqov: “Ruslan Sharipov 17 yil avval javobimni berib yuborgandi”

Biroz avval xonanda va bastakor Ruslan Sharipovga oid ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan suratlar xalq orasida muhokamalarga sabab bo‘layotgani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, ko‘pchilik san’atkorlar, xususan, xonanda va bastakor Shahnoz Ruslan Sharipovning suratlarini tarqatganlarga e’tiroz bildirgandi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.

Xonanda va bastakor Ruslan Sharipovning holidan xabar olish kerakligini aytib, u bilan bir vaqtda ijodini boshlagan, hamkorlik qilgan san’atkorlarning shaxsiy sahifasiga tinimsiz maktub qoldirayotganlar talaygina. Ulardan biri Rashid Xoliqovga ham murojaat qildi. Gap shundaki, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga “Bojalar” guruhi xonandasi Jahongir Poziljonovning xonadonida tushgan suratini joylashtirdi. Bu suratga esa Xoliqovning kuzatuvchilaridan biri “Esiz bir vaqtlar estradada muhim o‘rin tutgan, ancha xonandalarning shu darajaga yetishiga sababchi bo‘lgan Ruslan Sharipovni hech kim yo‘qlamas ekan, ayniqsa, Tohir Sodiqov. Afsus, hammalaridan ko‘ngling qolarkan”, deb izoh yozdi. Rashid Xoliqov ham bu e’tirozni javobsiz qoldirmadi. Xonanda bundan 17 yil avvalgi voqealarni xotirlab, quyidagicha javob yozdi:

“Siz xafa bo‘lmang. Ruslan menga 1999 yilda “Qo‘shiq yozmayman, endi sen nima qilasan”, deb savol bergan. “Siz qo‘shiq yozmasangiz ham hammasi yaxshi bo‘ladi”, deb aytgandim. Mana 17 yil o‘tibdi. Xudo degan odamga boshqa joydan yetkazaverarkan. Qo‘shiqlar ham yozilyapti, kliplar ham olinyapti. O‘g‘limga ham qo‘shiqlar yozishyapti.

Ruslan juda yaxshi inson, lekin Farrux Zokirov, Izzatilla Ibragimov, Yulduz Usmonova Ruslan menga “Ey, aziz yurtim” qo‘shig‘ini yozganidan keyin buyurtma berishni boshlashdi. Ruslanning boshi aylanib mening javobimni berib yubordi. Ha, mayli sog‘ bo‘lsinlar. Tarixdan xabaringiz bo‘lmasa, noto‘g‘ri qaror chiqarmang, iltimos. Men haligacha uni hurmat qilaman. Mana ozgina bo‘lsa ham tarixni bilib oldinglar. O‘ylaymanki, hech kimni xafa qilmadim”.

Rashid Xoliqovning javobidan so‘ng, ko‘pchilik muxlislar undan o‘rtadagi ginalarni unutib, Ruslan Sharipovning holidan xabar olishini so‘rashdi. Xoliqov esa bu murojaatlarga bepisand qaramadi. Aksincha, Ruslan Sharipovdan xabar olishga, hatto, selfi tushishga va’da berdi.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031