Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sevinch Mo‘minova: “Sevgi masalasida hafsalam pir bo‘lgan…”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 908           Дата: 11-06-2016, 00:02          
Sevinch Mo‘minova: “Sevgi masalasida hafsalam pir bo‘lgan…”

Vaqt o‘tgani sayin odamning nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki uning hayotga bo‘lgan qiziqishlari, qarashlari va xohishlari ham ham o‘zgarib borarkan. O‘zida turli ma’nolarni qamragan ushbu so‘zlar saytimizning bu galgi mehmoni – Sevinch Mo‘minovaga tegishli, deyiladi "Kun" nashrida. Zero suhbat davomida aytilgan bu gaplarning rostligiga xonanda bilan suhbatlashish jarayonida o‘zimiz ham amin bo‘ldik.

Sevinch Mo‘minova ilgarigidek sho‘x-shodon kulsa-da, bu kulgu ortida ajib ma’yusliklar bordek tuyuldi. Ammo bugun uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, ijodga bo‘lgan ishtiyoqi nafaqat o‘sha-o‘sha, balki Sevinch avvalgidan ham kuchliroq “yonayotganligini” payqash qiyin bo‘lmadi.

Bunga suhbat davomida o‘zingiz ham qisman guvoh bo‘lishingiz mumkin.

- Sevinch opa, oilali bo‘lganingizdan so‘ng deyarli ijod qilmay qo‘ydingiz.

- Yangi qo‘shiq va kliplarni, albatta, yaratyapman. Oxirgi ijod qilgan “Ko‘ylagim”, “Yolg‘onchi yor”, “Taqdir”, “Do‘qi-do‘qi”, “Ko‘lgan gadar” qo‘shiqlarimni kliplari bilan taqdim etdim. Hozir yana ikkita qo‘shig‘im tayyor va bu qo‘shiqlarni yaqin kunlarda klip bilan taqdim etishni rejalashtirganman. Qo‘shiq mavzusi va klip g‘oyasi haqidagi sirlarni hozircha ocholmayman. O‘ylaymanki, bu gal ham qo‘shiqlarim muxlislarimizga manzur bo‘ladi.

Bilasizmi, san’atkor ayol baribir oilam deydi, bolasiga, o‘ziga vaqt ajratadi... Oddiy, san’atkor bo‘lmagan ayollarni misol qilib olsak, ular ham hozirgi kunda bolasini enagaga beryapti. Masalan, men bolamni enagaga topshirgim kelmadi, qizimga o‘zim qarashni afzal ko‘rdim. Chunki hech bir enaga bolaga o‘z onasidek mehr berolmaydi. Shu bois ijodimga ko‘proq vaqt ajratolmadim. Lekin bundan afsuslanmayman. Sababi, unutilmas va baxtli damlarni farzandim bilan o‘tkazdim, deb aytishim mumkin. Sentyabr oyida qizim besh yoshga kiradi nasib bo‘lsa.

- “Yolg‘onchi yor” qo‘shig‘ingiz klipi bilan ayni shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq mish-mishlar tarqalgan paytda ekranda taqdim etildi. Shu bois muxlislar bu qo‘shiq sizning hayotingizdan olingan bo‘lsa kerak, deb taxmin qilishdi...

- Bilasizmi, sevgi bu juda ma’suliyatli, pokiza tuyg‘u. Ayrim erkaklar sevaman, o‘ldim, kuydim deb bir ikki qadam yurgach “ko‘zi olma kesak teradi”. Bunaqa holatlarga atrofda kuzatib juda ko‘p guvoh bo‘lganligim uchun menda shu mavzuda qo‘shiq kuylash istagi paydo bo‘ldi. Sevgan odamning ko‘zi boshqasini ko‘rishi, boshqasi haqida o‘ylashi mumkin emas. To‘g‘ri, “erkak kishi yetti qadam yurgach bo‘ydoq”, erkak kishiga bo‘laveradi, deyishadi. Lekin bo‘lavermaydi-da! Shu bois “Yolg‘onchi yor” qo‘shig‘ini kuyladim. Ammo bu qo‘shiqda mening shaxsiy hayotim, kechinmalarim ifodalangan, degani emas. Har bir odamning vijdoni bo‘lishi kerak. Sevdimi, sadoqat qilishi, sevgisini qadriga yetishi kerak...
Sevinch Mo‘minova: “Sevgi masalasida hafsalam pir bo‘lgan…”

- Sevgi borasida qarashlaringiz juda jiddiyku? Ammo shu tuyg‘u sizning qalbingizda qanday o‘rin qoldirganligi biz uchun qiziq...

- (Uzoq o‘ylanib) Ochig‘i, sevgi borasida hafsalam pir bo‘lgan. Bu to‘g‘risida boshqa hech narsa deya olmayman.

- Bugungi kunda turmush o‘rtog‘ingiz bilan yashamayotganingiz haqida tarqalgan mish-mishlarga ham izoh bermaysizmi?

- Yo‘q, mutlaqo hech narsa deyishni xohlamayman. Mayli, kimdir bilar shaxsiy hayotim haqida, kimdir yo‘q. Lekin nima bo‘lganda ham, aytishim mumkinki, men yaxshi rafiqa va yaxshi ona bo‘lishga harakat qildim. O‘zimni oqlab, undoq edi, bundoq edi, deb aytmayman. Chunki bo‘rining yesa ham, yemasa ham og‘zi qon deyishadi. Haqiqatni Olloh bilsa bo‘ldi, boshqalar oldida hisob berishga majbur emasman.

- Hozirgi san’atkor ustoz san’atkorlarning qo‘shiqlarini kuylayapti. Lekin sizning ijodingizda birorta ham ustoz san’atkorning repertuaridan kuylangan qo‘shiq yo‘q, to‘g‘rimi?

- Ochig‘i, bu niyat menda ham bo‘ldi. Men qo‘shiqlarini sevib tinglaydigan xonandaning bir qo‘shig‘i yoqadi-yu, ammo uni ayol xonanda ijro etolmaydi-da. Masalan, menga Muhriddin Holiqovning (hirgoyi qilib):

Kechagina qishloqdagi qizlarning bari,

Menga zimdan qiyo boqib qarashardi,

Qaramasa uylariga tunda borib,

Toshlar otib qochar edim yarashardi.

Endi... tasavvur qiling, mana shu qo‘shig‘ini men kuylasam, eshitganlar nima deydi? Yoki so‘zlarini o‘zgartirib,

Qaramasa uylariga tunda borib,

Toshlar otib qochar edim, yarashardi desam... (tasavvur qilib, qattiq kulib yubordi).

Ko‘ramiz, balki arxivlardan men ijro etsam bo‘ladigan biror qo‘shiq chiqib qolar?
Sevinch Mo‘minova: “Sevgi masalasida hafsalam pir bo‘lgan…”

- Xalqimiz orasida “Ikkita qo‘chqorning boshi bir qozonda qaynamaydi”, degan ibora bor. Ilgari aksariyat san’atkorlar “ikkita san’atkor birga turmush qurib yashashi mumkin emas”, degan fikrda bo‘lishardi. Nega shunday fikrda bo‘lishgan ekan? Bugun esa san’atkorlarning turmush qurishi urfga kirib qoldi. Siz san’akor bilan turmush qurdingiz. Bu boradagi fikrlaringiz qanday?

- Bilasizmi, buni ham yaxshi ham yomon tomoni bor. Yaxshi tomoni shundaki, turmush o‘rtog‘ingiz san’atkor bo‘lsa sizni yaxshi tushunadi, kerakli maslahatlarni beradi. Ijod borasida istagancha suhbatlashib o‘tiradi. Yomon tomoni esa... bilmadim, gapirsam g‘alati bo‘lib qolar. Shu bois keling, bu to‘g‘risida gapirmay qo‘ya qolaylik.... Iloji bo‘lsa san’atkor bilan san’atkor turmush qursa ham, xonanda bilan xonanda turmush qurmagani ma’qulroqmikan deb o‘ylayman. Masalan, bizning oilamizda ikkimizning didimiz ham, yo‘nalishimiz ham boshqa-boshqa edi. Shu bois ijod borasida, albatta, fikrlarimiz kelishmay qolishi tabiiy hol.

- Turmushga chiqishingizdan avval ijodingiz ham sermahsul edi. Film, kliplar degandek... Yaqinda bir filmda Sharof Muqimov bilan birgalikda suratga tushdingiz xalos.

- Kinoda suratga tushmay qo‘yganligim sababi, bu borada turmush o‘rtog‘im tomonidan qarshilik bo‘lib, “Kinoga tushsang, faqat men bilan tushasan. Boshqasi bilan emas”, degan talablar bo‘ldi. Shu bois kinolardan kelgan takliflarni ham rad etib kelayotgandim. Bilasizmi, shaxsiy hayotim haqida gapirishni umuman istamayman. Bu boshqa jurnalistlarga ham tegishli.

Ammo endi filmlarda ham suratga tushaman, ijodga ham jiddiy bel bog‘layman. Sababi, yaqinda katta stadionlarning birida konsertda qatnashib, muxlislarim meni naqadar sog‘inganligini his etdim. Ularning meni ilgarigidek shovqin-suron bilan, olqishlar bilan kutib olgani mening ruhimni ko‘tarib yubordi. Ijod qilishga bo‘lgan ishtiyoqimni oshirdi.

- Ijodingizdagi shuncha “pauza”dan so‘ng sizni muxlislaringiz yana ilgarigidek kutib olishlariga sabab nima, deb o‘ylaysiz?

- Sababi, meni muxlislarim yurakdan sevgan ekan... Yurakdan sevgan va sevilgan xonanda bo‘lganligimni his qildim. Ba’zi bir san’atkorlarga o‘xshab reklamaning kuchi bilan reytingni ushlab turmagan bo‘lsam ham, meni yaxshi kutib olishdi. Bu men uchun katta baxt! Ba’zi muxlislarim qo‘shiqlarimni o‘zlari topib eshitayotganliklariga guvoh bo‘lib, xursand bo‘laman. Demak, men ularning ko‘ngliga yetib boradigan qo‘shiqlar kuylay olibman. Demak men ularning qalbini o‘qiy olibman.

- Agar 20 yil ortga nazar tashlab, ijodingizni sarhisob qilsangiz, nimalarga amin bo‘lasiz?

- Ijodda juda ko‘p ish qilgan ekanman. Charchamagan ekanman. Ba’zi muxlislar meni shuncha energiyani qayerdan olasiz, - siz “redbul”siz deya xazillashishardi. Shu bilan birgalikda ortga boqib, ijodimga yo‘l qo‘ygan xatolarimni, soddaliklarimni ko‘raman. Kamchiliklarimni ko‘rib, o‘chiringlar yoki olib tashlanglar bu klipni yoki qo‘shiqni deb turib olaman (kuladi). Bugunga kelib, ovozim o‘zgarganini ko‘raman. Vaqtlar o‘tib, san’atkorning ovozida ham o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Mana, hozirgi ovozim o‘zimni qoniqtiradi.
Sevinch Mo‘minova: “Sevgi masalasida hafsalam pir bo‘lgan…”


- Endi 20 yil oldinga qadam tashlab, ijodingiz qanday shakllanishini tasavvur qilib ko‘ramiz...

- Yo‘g‘-ye, shu umr o‘tayotganini eslatmang, yuragimni ezmang (kuladi). Lekin shuni aytishim mumkinki, vaqt davomida insonning nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki xarakteri ham o‘zgarib, fikrlashlari ham avvalgisidan farqlana borarkan. Shunday ekan, 20 yildan so‘ng yoshimga yana 20 yosh qo‘shilsa, o‘shanda qanaqa fikrlayman bilmadim-u, lekin yoshimdan kelib chiqib qo‘shiqlar kuylashim mumkin. Kelajakni hech kim oldindan aytib berolmaydi. Bunisini esa vaqt ko‘rsatadi.

- San’atkorlarning har yili “Istiqlol” saroyida konsert berishi ham an’anaga aylanib bormoqda. Siz bu haqda o‘ylab ko‘rmayapsizmi yoki bunga ruhan tayyormasmisiz?

- Iye, nega endi? Bunga yuz foiz, kerak bo‘lsa ikki yuz foiz tayyorman. Men ham konsert berib, muxlislarimga yanada yaqin bo‘lishni, ular mehrini his qilishni istayman. Boya aytganimdek, endi ijodga jiddiy yondosharkanman, albatta, konsert berishga ham astoydil harakat qilaman. Balki bu yil konsert berarman. O‘zi hisoblab ko‘rsam, ijodimni boshlab, katta sahnalarda chiqa boshlaganimga ham 20 yil bo‘lipti. Endi shuncha yildan so‘ng men konsert berishga tayyor emasman, desam juda kulguli bo‘ladiku?

Aytishim mumkinki, hozir ham bemalol ikki yarim soat davomida muxlislarimni zeriktirmay, kayfiyatini ko‘tarishga, qo‘shiqlarim bilan ularning qalbiga kirib borishga o‘zimga yuz foiz ishonaman. Ochig‘i, bu savolingiz menga g‘alati ta’sir qildi(kuladi). Shu yil konsert bermasam-mi? (kuladi).

- Kutib qolamiz. Ijodingizga esa omad tilaymiz! Kun.uz sayti muxlislariga tilaklaringiz.

- Rahmat! Albatta, bunga harakat qilaman. Kun.uz saytida shou-biznes maqolalari yoritilib borilayotganidan xursandman. Chunki Kun.uz sayti ham san’atkorlar bilan muxlislar o‘rtasida bevosita ko‘prik bo‘lishga ahd qilibdi. Ijodingizga omad tilayman. Muxlislarimizga esa insonga hamisha kerak bo‘lgan sog‘liq, omad, baxt va oilaviy xotirjamlik tilayman.
Sevinch Mo‘minova: “Sevgi masalasida hafsalam pir bo‘lgan…”

Suhbat yakunidan so‘ng, xonanda bilan xayrlashgach, hayollarga berildim. Mag‘rur, o‘ziga judayam ishongan, qat’iyatli, kuchli va mehribon ona...

Sevinch Mo‘minova o‘ziga yarasha sermahsul ijod qildi, o‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi san’atiga o‘zining munosib hissasini qo‘sha oldi. Lekin hali bu bilan uning ijodi tugadi demoqchi emasmiz. Bunga uning muxlislari ham ruxsat bermaydi. Shularni his qilgan holda endi Sevinch maqtovlardan baland bo‘lib, ilgarigidan-da samarali ijod qilsa bas.

Tilagimiz, bu yo‘lda uning barcha yo‘llari ochiq bo‘lsin.

Mohichehra Eshmirzayeva suhbatlashdi


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн