Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ajdarhoning yubileyi: Bryus Li tavalludiga 75 yil to‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 083           Дата: 27-11-2015, 13:01          

Hozirgi kunga qadar butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlar uchun kumir hisoblangan artist va jangovar san’at ustasi Bryus Li tavalludiga 27-noyabr kuni 75 yil to‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Bryus Li. Foto: “Gazeta.ru”

Li butun faoliyati davomida Sharq va G‘arb madaniyatini o‘zaro bog‘lab turdi, har ikki tomonda ham yulduz darajasiga chiqa oldi.

Bryus dastlabki rollarini hali bola vaqtida (debyutini 3 oyligida — chaqaloq qiz roli bilan nishonlagan) o‘ynagan, 14 yoshida esa cha-cha-cha raqsi bo‘yicha chempionatda g‘olib chiqqan, shundan keyin kutilmaganda kung-funi o‘rganishga qaror qilgan.

Bo‘lajak aktyorga uning kuchli qobiliyatlarini ko‘ra olgan afsonaviy Ip Man ustozlik qildi. Jangovar san’atlar bo‘lajak aktyorga, xususan, AQShdagi ilk rollarni (masalan, 1960-yillar oxiridagi “Betmen” serialida) va o‘quvchilarni taqdim etdi.

Kino tarixidan esa “Qahr mushti”, “Katta xo‘jayin”, “Ajdarhoning chiqishi” kabi shedevr jangari filmlar va o‘zi ham rejissor va ssenariy mualliflaridan biri bo‘lgan “O‘lim o‘yini” filmidagi so‘nggi roli bilan joy olgan.

“Ajdarhoning chiqishi”, 1973-yili.

Foto: “Gazeta.ru”

Bryus Li 1940-yil 27-noyabrda Xitoy taqvimi bo‘yicha Ajdarho-yilining Ajdarho soatida (tonggi 6:00—8:00 oralig‘ida) San-Fransiskoda, ota-onasi — Xitoy operasining komik-aktyori Li Xoy Chen va uning ayoli Greys Lining Amerikadagi gastrol safari vaqtida dunyoga kelgan. Greys Lining onasi kelib chiqishi nemislarga borib taqaluvchi gongkonglik, otasi esa xitoylik edi.

Foto: “Gazeta.ru”

18 yoshli Bryus Li va uning ustozi Ip Man.

Foto: “Gazeta.ru”

Bryus o‘g‘li Brendon bilan.

Foto: “Gazeta.ru”

Bryus Li “Yashil qovog‘ari” serialidagi Kato rolida, 1966—1967-yillar.

Foto: “Gazeta.ru”

“Katta xo‘jayin”, 1971-yil.

Foto: “Gazeta.ru”

“Ajdarho yo‘li”, 1972-yil.

Foto: “Gazeta.ru”

“Qahr mushti”, 1972-yil.

Foto: “Gazeta.ru”

“O‘lim o‘yini” filmidan so‘nggi kadr; mazkur filmni suratga olish vaqtida aktyorning vafot etgani e’lon qilingan, 1978-yil.

Foto: “Gazeta.ru”

Gongkongdagi Bryus Li haykali.

Foto: “Gazeta.ru”

Gollivuddagi Shuhrat xiyobonida Bryus Li yulduzi.

Foto: “Gazeta.ru”

Bryus Li.

Bryus Li. Foto: “Gazeta.ru”


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031