Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Maykl Duglas hayotidagi qora kunlar haqida gapirib o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 176           Дата: 29-05-2016, 10:08          
Maykl Duglas hayotidagi qora kunlar haqida gapirib o‘tdi

Taniqli Hollivud aktyori Maykl Duglas Fox News telekanaliga bergan intervyusida hayotidagi eng og‘ir dam haqida so‘zlab berdi - bu unga o‘ta xavfli kasallik tashxisi qo‘yilgan bir vaqtda o‘g‘lining qamoqqa tushgan payti, deyiladi "Kun" nashrida.

Aktyorning hayoti va karerasida burilish yasagan davrlar haqida so‘z yuritar ekan, jurnalist unga "Hayotingizdagi eng qorong‘u kunlar qaysi?" deb savol berdi.

"Hozirda 37 yosh to‘ng‘ich o‘g‘lim Kemeron bir paytlar geroinga qaram bo‘lib, oxir-oqibat qamoqqa tushdi. Unga qamoq jazosi tayinlanganda, mening yuragim chilparchin bo‘ldi. Boz ustiga o‘sha payt menga saraton tashxisi qo‘yildi. Shu ikki hodisaning bir vaqtda yuz bergani men uchun juda og‘ir kechdi", - deb javob qaytardi Duglas.

Saratondan davolangan aktyor matbuotning "u uzog‘i bilan uch oy yashashi" to‘g‘risidagi xabarlarini inkor qildi. "Odamlar menga qo‘ng‘iroq qilib, hol-ahvol so‘rashadi. Hammasi joyida, men o‘zimni yaxshi his etmoqdaman", - ta’kidladi Duglas jilmayib.

Butun dunyoga mashhur aktyor hozir 71 yoshda. U ikki marta "Oskar" va boshqa bir qator nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Aktyorning hisobida 80dan ortiq film bor.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн