Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Lolaning shaxsiy hayoti endi hammomga ko‘chdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 208           Дата: 27-05-2016, 15:13          
Lolaning shaxsiy hayoti endi hammomga ko‘chdi

Lola suratgu tushmagan hammom qolgan. Xonandaning “shaxsiy hayot”i shu zaylda davom etaversa, muxlislar yana qanday suratlarga shohid bo‘larkin?

Bugun tobora o‘zgarib, rivojlanib borayotgani hayotimizni internetsiz tasavvur qilolmaydigan bo‘lib qoldik. Ijtimoiy tarmoqlar esa dunyoning u chekkasini bunisi bilan bog‘laydigan vositaga aylandi. Albatta, kim undan qanday maqsadda foydalanishi bugungi kunning eng dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda.

O‘zbek shou-biznesining eng ko‘zga ko‘ringan vakillari dunyo yulduzlari singari ijtimoiy tarmoqlardan ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning minglab internet foydalanuvchilari kuzatib boradi. Jumladan, “Nihol” mukofoti sovrindori Lola Yo‘ldosheva ham 406 mingdan ziyod kuzatuvchisiga ega xonandalardan. Instagram’ga joylashtirgan suratlarini deb boshi tanqiddan chiqmay qolgan Yo‘ldosheva so‘nggi vaqtlarda odamlarning gap-so‘zlariga umuman parvo qilayotgani yo‘q. Bir narsani alohida e’tirof etib o‘tish joizki, oxirgi paytlarda Lola ijodi va qo‘shiqlari bilan emas, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirayotgan suratlari va yozishmalari bilan xalq tilidan tushmay kelyapti. Uning navbatdagi surati ham gap-so‘zlar muddatini uzaytirdi.

Xonanda bu gal kalta libos kiymadi, oyoqlarini ham ko‘rsatmadi. Birato‘la hammomda sochiqqa chirmanib tushgan suratini sahifasiga joylashtirib, unga quyidagicha izoh qoldirdi.

“Do‘stlar, bugun bizning taqvimimizda juda muhim sana! Bugun biz uchun juda muhim kun! 25 may! Ha, ha do‘stlar bugun – sochiq kuni! Biz nima qilishimizdan qat’i nazar – sochiq! Axir uning yordamida halokat signalini berish mumkin, yana u bilan tunda yulduzlar ostida ustingizni choyshab kabi yopinishingiz, zaharli gazlarni yutmaslik uchun boshni o‘rab olish va nihoyat agar sochiq toza bo‘lsa, u bilan artinishingiz mumkin. Sochiq kuni bilan do‘stlar...”, deb yozadi xonanda.

Lola bu surat va izohi bilan nima demoqchi bo‘lganini tushunish qiyin. Qiziq, Lolaga nima bo‘lyapti? Albatta, uning shaxsiy hayotiga, yangi bayramlar kashf qilib, ularni nishonlashiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. U esa suratlari va xatti-harakatlari bilan minglab muxlislariga g‘oyaviy ta’sir o‘tkazmasa bo‘lgani. Darvoqe, Lola Yo‘ldosheva ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirayotgan suratlarini “shaxsiy hayot” deb baholar. Biroq shaxsiy hayot shaxsiyligicha qolishi kerak. Uning 400 mingdan ortiq odamlar tomosha qilgan suratlari, oyoqlari, hammomdagi tasvirlarining shaxsiylii qoldimikin?

Manba: Qalampir.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн