Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Billboard Music Awards anjumanida Adel bosh sovrin sohibasi bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 185           Дата: 23-05-2016, 10:08          
Billboard Music Awards anjumanida Adel bosh sovrin sohibasi bo‘ldi

Britaniyalik qo‘shiqchi Adel Billboard Music Awards musiqiy mukofot topshirish marosimida bosh sovrin - "Yilning eng yaxshi artisti" uchun mukofotni qo‘lga kiritdi. 24-marta o‘tkazilgan nufuzli mukofotni topshirish marosimi 22 may kuni Las-Vegasda (Nevada shtati) bo‘lib o‘tdi, deyiladi "Kun" nashrida.

Gastrol safarlari sabab mazkur marosimda ishtirok eta olmagan Adelning sakkizta mukofotga nomzodi qo‘yilgan. Adel shulardan beshtasini qo‘lga kiritdi, u "Eng yaxshi ayol qo‘shiqchi" va "Billboard 200 chartining eng yaxshi albomi" yo‘nalishida ham g‘olib bo‘ldi. "Billboard 200 chartining eng yaxshi albomi" mukofoti britaniyalik qo‘shiqchining o‘tgan yili eng ko‘p sotilgan "25" plastinkasi uchun berildi.

Nomzodlar soni bo‘yicha The Weeknd (Kanada) rekord natija qayd etdi, mukofotni qo‘lga kiritganlar orasida ham uning o‘zi birinchilikni qo‘lga kiritdi. U 19ta yo‘nalishdagi mukofotdan sakkiztasiga sazovor bo‘ldi.

"Eng yaxshi erkak qo‘shiqchi" yo‘nalishida kanadalik Jastin Biber g‘olib bo‘lib, u o‘z vatandoshi Dreyk, Ed Shiran, Fetti Vapani ortda qoldirdi. Fetti Vapa "Eng yaxshi yangi artist" yo‘nalishida g‘alaba qozondi. Yosh yulduz Teylor Svift uchun esa bu marosim kutilganidek natija bermadi, u sakkizta nomzodi qo‘yilgan yo‘nalishdan faqat bittasidagina yetakchilik qilib, "Eng yaxshi gastrol safarlari uchun" sovriniga ega bo‘ldi.

"Eng yaxshi duet yoki guruh" yo‘nalishida esa mukofot Britaniyaning One Direction jamoasiga topshirildi. "Eng yaxshi rok qo‘shiqchi" yo‘nalishida birinchilik "Twenty One Pilots"ga nasib etdi, ularning Blurryface plastinkasi "Yilning eng yaxshi rok albomi" bo‘ldi.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн