Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

"Yoshlar" telekanalida namoyish etilayotgan hind serialiga e’tiroz bildirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 125           Дата: 20-05-2016, 20:20          
"Yoshlar" telekanalida namoyish etilayotgan hind serialiga e’tiroz bildirildi

O‘zbekiston televideniyesining tomoshabinlari navbatdagi tanqid “tosh”larini “Yoshlar” telekanali orqali namoyish etilayotgan “Kelin” serialiga “uloqtirishdi”.

Feysbukdagi “Maslahat.uz” guruhi a’zolaridan biri "MTRKning “Yoshlar” telekanali va uning hindsevar rahbariyatiga!”, deya shikoyat xati yozib qoldirdi, deb yozmoqda "Darakchi" nashri.

Xatda shunday deyiladi:

“Butun dunyoda minglab seriallar yaratilayotgan bir vaqtda “Yoshlar” kanali bizga “25-kadr” orqali behayolikni targ‘ib etayotgan hind filmlarini namoyish etishdan charchamayapti.

Eng avvalo, film vaqtini olaylik: 19:30, ya’ni butun oila kechki ovqatga jamlanadigan vaqt. Sizningcha, shu filmlarni oila davrasida ko‘rish mumkinmi? O‘pib, quchoqlab, bemaza hazillar qiladigan, "Sen qachon homilador bo‘lasan?", “Kiyimimni orqasini yechib yuboring”ga o‘xshash bemaza kadrlarga boy filmni oila davrasida qanday ko‘rish mumkin?

Kechirasizlaru, o‘zbek xalqi sizlardan bunaqa film qo‘yishingizni so‘ramagan! Undan ko‘ra multfilm ko‘rganimiz afzalroq!

“Yoqmasa ko‘rma!” deyishga shoshilmanglar, chunki uy bekalari sevimli seriallarini (aslida hechqanaqa sevimli emas, shunchaki ko‘raverib, ko‘rishga o‘rganib qolgan!) o‘tkazib yuborishga yo‘l qo‘yishmaydi.

Yana bir tarafi: ko‘plab oilalarda soat 18:00dan 21:00gacha bolajonlarning ekran oldiga “mixlanib” oladigan vaqti hisoblanadi. Lekin afsuski, bolajonlarimiz shunaqa bema’ni seriallar tomosha qilib ulg‘ayishmoqda”.

Shikoyat xati muallifi, shuningdek, yaqinda aynan “Yoshlar” telekanalida namoyish etilgan va ko‘p sonli internet foydalanuvchilarining noroziligiga sabab bo‘lib, tom ma’noda ularning harakati bilan efirdan olib tashlangan “Senga oshiqman” seriali va uning oqibatini ham tilga olgan: “Shu serialdan keyin qizlarimiz yelkasining orqa tarafi keng ochiq bo‘lgan kiyimlarni moda qilib olishdi, kimdir o‘z qiziga "Ishani" deb ism qo‘ydi”, - deydi muallif.

Xat so‘nggida muallif “oilaviy yig‘ilib televizor tomosha qilganda sevgi-muhabbat, ehtiros va hokazo filmlarni emas, odamni dunyoqarashini kengaytiradigan, qiziqarli filmlar ko‘rish” istagi borligini aytgan.

Mazkur tanqidiy postni foydalanuvchilarning aksariyati qo‘llab-quvvatlagan. Ulardan biri o‘zimizning milliy urf-odatlarimizni targ‘ib qiladigan, oila davrasida birgalikda ko‘rib, ibrat olgulik seriallarni ishlab chiqarishsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lishini aytgan.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн