Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bahrom Nazarov o‘zi ishtirokida tarqalgan videolarga munosabat bildirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 670           Дата: 18-05-2016, 19:46          
Bahrom Nazarov o‘zi ishtirokida tarqalgan videolarga munosabat bildirdi

Bahrom Nazarov ayni kunlarda o‘tgan yilgi ijodiy an’anasini davom ettirgan holda, yurtimiz bo‘ylab gastrol konsertini boshlaganiga ham qariyb ikki oy bo‘ldi. Shu vaqtga qadar, Nazarov, viloyatlarimizda 30 ga yaqin konsert dasturini taqdim etdi. Mazkur konsertlardan suratga olingan videolar esa ijtimoiy tarmoqlarga joylanib bormoqda. Ana shunday videolardan birida Bahrom Nazarov qo‘shiq kuylab turgan joyida “hiqildog‘imga keldi” qabilida qilgan ishorasi e’tiborimizni tortdi va unga ushbu videolarga oydinlik kiritishi so‘rab murojaat qildik, deyiladi "Darakchi" nashrida.
—Gastrol konsertlari joningizga tekkan ko‘rinadi, buni kuylab turgan vaqtingizda qilgan hatti harakatingizdan ko‘rish mumkin, rostan ham shunaqami?..

—Bu kunlarga yetishim oson bo‘lmadi, muxlislarimizni bunday kutib olishi, men bilan qo‘shilib qo‘shiqlarimni kuylashi men uchun faqatgina orzu edi. Niyatni astoyidil qilgan ekanmiz, ijodiy jamoamizning sa’y-harakati va muxlislarimizning sadoqati bilan shu kunlarga ham yetdik. Bu jonga tegdi yoki shu ma’nodagi boshqa ishora emas, bu navbat keyingi qo‘shiqqa kelganligi haqidagi faqatgina ijodiy jamoamiz tushunadigan ishora, kalit so‘z desa ham bo‘ladi.

—Viloyatlardagi har bir konsertlaringiz juda katta yaxshi bilan kutib olinayotganligini video lavhalardan kuzatib boryapmiz. Yana bir video e’tiborimizni tortdi stadionda yomg‘ir sharros quyib turganda ham qo‘shiq kuylagan ekansiz, ammo «Pari-pari» qo‘shig‘i oxiriga yetmay, o‘chib qolgan...

—Avvalo e’tiboringizdan xursandmiz, haqiqattan ham Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi stadionda konsert berayotganimizda, dasturning eng oxirgi qo‘shiqlari boshlanishi bilan yomg‘ir quya boshladi. Stadion katta bo‘lganligi uchun uni aylanib qo‘shiq aytishga to‘g‘ri keladi. Yomg‘ir dasturdagi eng so‘nggi qo‘shig‘imizdan bitta oldingi, «Xorazmcha» deb nomlangan taronada yog‘a boshladi. «Pari-pari» qo‘shig‘ini kuylayotganimizda, stadiondagi apparaturalar kuyib qoldi. Shu o‘rinda, yomg‘ir yog‘ayotganda ham konsertni tark etmagan muxlislarimizga ijodiy jamoamiz va o‘zim nomimdan minnatdorchilik bildirmoqchimiz.

—O‘tgan yilgi «Unutilmas kunlar» deb nomlangan gastrol konsertingizda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi konsertlaringiz bekor qilingan edi, bu yil u yerdagi muxlislaringiz bilan diydor ko‘rishasizmi?

—Xudo xohlasa, bu yil albatta Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham konsert dasturimizni taqdim etamiz. Ayni kunlarda, Navoiy viloyatidagi konsert dasturimizni nihoyasiga yetkazib, Samarqandga yo‘l olganmiz. 26 may kuni Nukus, 27 may kuni Xorazm viloyatlarida o‘zimizning «Shukrona» nomli konsert dasturimiz bilan mehmon bo‘lamiz. Hali ungacha Samarqand viloyati, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida konsertlarimiz bor.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031