Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Darakchi” san’atkor va boshlovchilarning to‘ylardagi “stavkalari” reytingini tuzdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 971           Дата: 19-11-2015, 11:14          

“Darakchi” gazetasi taniqli san’atkor va boshlovchilarning to‘ylardagi xizmat haqlari bo‘yicha reytinglarini tuzib chiqdi. To‘ylarga borish narxlari “shartli birliklar”da ko‘rsatilgan.

Foto: Shov-shuv.uz

Reytingga ko‘ra, to‘yda boshlovchilik xizmatini ko‘rsatuvchilar orasida birinchi o‘rinni Dilnoza Kubayeva egalladi — u 1 “shartli birlik” evaziga to‘yni o‘tkazib beradi.

Undan keyingi o‘rinlarni egallagan Dildora Rustamova, Davron Kabulov, Rayhon Ulasenova va Jahongir Mirzo 0,4 “shartli birlik”, Rixsitilla Abdullayev 0,3, Tolib Mo‘minov 0,2, Mehriddin Rahmatov esa 0,15 “shartli birlik” evaziga to‘yga boradi.

“Darakchi” tadqiqotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda to‘ylarda navbatchilikni asosan 3—4 nafar yigit-qizdan iborat guruhlar olib borayotgani, narxlari esa mashhur xonandalarnikiga nisbatan hamyonbopligi ma’lum bo‘ldi.

Xususan, “San’at” guruhi 1,5, “Sharq” 1,2, “Karavan”, “Eldido” va “Poytaxt” guruhlari esa 0,6 “shartli birlik” evaziga navbatchilik qiladi. Bundan tashqari, 0,3 “shartli birlik”ka to‘yni “qizitib” beradigan guruhlar ham bor.

Mashhur yakkaxon xonandalarning reytingi esa alohida jadval ko‘rinishini olgan. Unda har bir san’atkorning to‘yda birrov ko‘rinishi hamda navbatchilik qilishi narxlari alohida keltirilgan. “Darakchi” reytingiga ko‘ra, taniqli xonandalarning to‘ylardagi “stavkasi” quyidagicha:

Ozodbek Nazarbekov

  • Birrov: 1,2—1,5 “shartli birlik”
  • Navbatchi: 7—10 “shartli birlik”

Jahongir Otajonov

  • Birrov: 2—2,5 “shartli birlik”
  • Navbatchi: 4—5 “shartli birlik”

Nasiba Abdullayeva

  • Birrov: 1,5 “shartli birlik”
  • Navbatchi: 3,5—4 “shartli birlik”

Shahzoda

  • Birrov: 1 “shartli birlik”

Rayhon

  • Birrov: 0,7—0,8 “shartli birlik”

Botir Qodirov

  • Birrov: 0,6 “shartli birlik”
  • Navbatchi: 3—5 “shartli birlik”

Sardor Mamadaliyev

  • Birrov: 0,5—0,8 “shartli birlik”
  • Navbatchi: 1,5—2 “shartli birlik”

Ulug‘bek Rahmatullayev

  • Birrov: 0,5—0,6 “shartli birlik”

Mavluda Asalxo‘jayeva

  • Birrov: 0,6 “shartli birlik”

Munisa Rizayeva

  • Birrov: 0,7 “shartli birlik”

Bahrom Nazarov

  • Birrov: 0,3 “shartli birlik”
  • Navbatchi: 1—3 “shartli birlik”

Manzura

  • Birrov: 0,4 “shartli birlik”

Shohruhxon

  • Birrov: 0,4 “shartli birlik”

Jasur Umirov

  • Birrov: 0,4 “shartli birlik”

Ziyoda

  • Birrov: 0,45—0,5 “shartli birlik”

Avazbek Olimov

  • Birrov: 0,1—0,2 “shartli birlik”

Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031