Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Farrux Zokirovning 70 yoshlik yubiley kechasi tungi soat 2:00 gacha davom etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 945           Дата: 19-04-2016, 18:11          
O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov 70 yoshni qarshi olgani munosabati bilan elga dasturxon yozib, osh berdi. “Qalampir.uz”ning yozishicha, tavallud ayyomining asosiy tadbirlari 17-aprel kuni Toshkentdagi International mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Farrux Zokirovning 70 yoshlik yubiley kechasi tungi soat 2:00 gacha davom etdi

Kechaga O‘zbekiston xalq artistlari Yulduz Usmonova, Nasiba Abdullayeva, Rushana Sultonova, Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Obid Asomov, Rashid Xoliqov, Rayhon G‘aniyeva, xonandalar Shahzoda, Farrux Ahmedov, Akbar Otamuhammedov kabilar tashrif buyurdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, tadbirga Sardor Rahimxon, Ulug‘bek Rahmatullayev, Manzura, Gulsanam Mamazoitova, Munisa Rizayeva, Shohruxxon, Ziyoda kabi xonandalar taklif etilmagan.

Farrux Zokirovning 70 yoshlik yubiley kechasi tungi soat 2:00 gacha davom etdi

Mehmonxona tantanalar zali foyesi katta taqdimot marosimlariniki kabi bezatilgan edi. U yerda Farrux Zokirovning ikkita plastik haykalchasi o‘rnatilgan bo‘lib, qiziqchi Obid Asomov bu g‘oyani quyidagicha izohladi: “‘Yubilyar’ mehmonlar bilan band. Bu tarixiy kechada hamma u kishi bilan rasmga tushgisi keladi. Shuning uchun kiraverishga ko‘paytirib qo‘yishibdi. Xohlang, bitta Farrux aka bilan, xohlang ikkitasi bilan rasmga tushig. ‘O‘zingdan ko‘paygin’, degani shu bo‘lsa kerak”.

Farrux Zokirovning 70 yoshlik yubiley kechasi tungi soat 2:00 gacha davom etdi

“Ishonchli manbalarimizning xabar berishicha, Farrux Zokirovning 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir tungi soat 2:00 ga qadar davom etgan”, — deb yozadi “Qalampir.uz”.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031