Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Bu klipi uchun Loladan nafratlanaman!”. Lolaning yangi klipi va Rayhonning Instagram’dagi fikri bahslarga sabab bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 513           Дата: 19-04-2016, 18:11          
Xonanda Rayhon 19-aprelga o‘tar kechasi Instagram’dagi sahifasiga o‘zining jilmayib turgan suratini joylashtirdi. Suratga ilova qilingan falsafiy mulohazalar turli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

Rayhon shunday deb yozadi: “Sevimli insonlarni yurakdan yulib tashlab bo‘lmaydi. Ularni vaqtincha tark etish, unutish, aldash mumkin. Biroq yo‘llar baribir ular tomon chorlaydi. Sevimli insonlarning xatolarini kechirish darkor. Sevimli insonlar ‘sobiq’ bo‘lmaydi. Sevimli insonlar bizning dunyomizni yoritguvchi quyosh kabidir”.

“Bu klipi uchun Loladan nafratlanaman!”. Lolaning yangi klipi va Rayhonning Instagram’dagi fikri bahslarga sabab bo‘ldi

“Darakchi.uz”ning yozishicha, bu so‘zlardan ta’sirlangan Rayhon muxlislarining aksariyati boshqa bir xonanda — Lolaning 18-aprel kuni premyerasi bo‘lib o‘tgan “Sog‘indim” klipini muhokama qilmoqda. Klipda bosh rollarni Lola va aktyor Yigitali Mamajonov ijro etgan (Yigitali Mamajonov 2012-yil noyabrida xonanda Rayhon bilan turmush qurgan edi, 2015-yil yanvarida esa Rayhon ajrashishga ariza bergani ma’lum bo‘lgandi).

“Bu klipi uchun Loladan nafratlanaman!”. Lolaning yangi klipi va Rayhonning Instagram’dagi fikri bahslarga sabab bo‘ldi

“Dugonam deb yurganingiz Lola atayin Yigitali bilan klip qilib, unga yopishib, o‘zini unga yaqinlashtirdi, shu yaxshimi endi? Lolaga Yigitalidan boshqasi qurib qolganmi? Nega aynan Sizning eringiz bilan?”, — deb yozdi foydalanuvchilardan biri. “Bilasizmi, bu hasad! Lolaga bunday er nasib qilmagan bo‘lsa-da, bitta klipda Yigitali bilan bir umr hayot kechirganday bo‘ldi? Lola o‘zini Sizning o‘rningizda tasavvur qilib ko‘rdi”, — dedi boshqa bir foydalanuvchi.

“Bu klipi uchun Loladan nafratlanaman!”. Lolaning yangi klipi va Rayhonning Instagram’dagi fikri bahslarga sabab bo‘ldi

“Lolani hurmat qilaman, yaxshi ko‘raman, ammo bunday klip olishini tasavvur ham qilmagandim. Bizni o‘zbekchilikda ayollar begona erkaklar bilan bunday quchoqlashishlari — xoh san’atkor, xoh oddiy inson bo‘lsin — gunoh-ku. Musulmonchilikka umuman to‘g‘ri kelmaydi”, — deb yozadi yana bir foydalanuvchi. “Bunga ishonolmayapman. Lola ‘Sog‘indim’ klipiga qadar sevimli xonandam edi. Klipni ko‘rib, Rayhon uchun yig‘ladim. Lola Rayhonning ikki bolasini gunohini oldi. Men undan nafratlanaman!”, — deb yozadi boshqa bir foydalanuvchi.

“Bu klipi uchun Loladan nafratlanaman!”. Lolaning yangi klipi va Rayhonning Instagram’dagi fikri bahslarga sabab bo‘ldi

Rayhon muxlislarining izohlarini javobsiz qoldirgan. Ikki guruhga ajralgan internet foydalanuvchilari esa Lolaning yangi klipi muhokamasini davom ettirgan. Bir guruh foydalanuvchilar tobora qattiq bahsga kirishgan muxlislarni tinchlantirishga uringan.

“Bu klipi uchun Loladan nafratlanaman!”. Lolaning yangi klipi va Rayhonning Instagram’dagi fikri bahslarga sabab bo‘ldi

“Odamlar, tinchlaninglar, agar Yigitali Lolaning klipida rol ijro etgan bo‘lsa, bu ularning Rayhonning jig‘iga tegish uchun hamkorlik qilganini anglatmaydi. Ular ‘Jonim, sog‘indim’ klipida ham birga rol ijro etgan. Rayhon bunga e’tibor bermagan bo‘lsa kerak, chunki Lola va Yigitalining har ikkalasi ham ijodkor”, — deydi foydalanuvchlardan biri. “Bunga faqat klip sifatida qarash kerak. Agar Lola va Yigitali hayotda shunaqa ish qilganida, unda bir narsa desang, o‘rinli bo‘lardi. Kino, klip — bu hammasi kasb bilan bog‘liq narsalar”, — deydi bir kommentator.

“Bu klipi uchun Loladan nafratlanaman!”. Lolaning yangi klipi va Rayhonning Instagram’dagi fikri bahslarga sabab bo‘ldi

Lolaga qaratilgan tanqidlardan asabiylashgan bir foydalanuvchi shunday qo‘shimcha qilgan: “Sizlardek ongi past odamlarni birinchi marta ko‘rishim. Yigitali ishlamasa — xotinining puliga yallo qilib yurgan kishi, ishlasa — yana gap. Qanday odamsiz o‘zi? Rayhonning Yigitali bilan ishi yo‘q. Sizlarga kim qo‘yibdi begona erkakni muhokama qilishni?”.

“Bu klipi uchun Loladan nafratlanaman!”. Lolaning yangi klipi va Rayhonning Instagram’dagi fikri bahslarga sabab bo‘ldi
- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн