Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Aktyor Hamid Toshpo‘latov: Kliplardagi obrazim bachkana bo‘lib qolishidan qo‘rqaman

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 519           Дата: 18-04-2016, 18:15          
O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Hamid Toshpo‘latov bir ampluaga tushib qolgani haqidagi fikrlarni rad etib, xonanda Hojiakbar Haydarovning “Do‘lana” klipida pul uchun suratga tushmaganini ma’lum qildi. Bu haqda aktyor “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Aktyor Hamid Toshpo‘latov: Kliplardagi obrazim bachkana bo‘lib qolishidan qo‘rqaman

— Aksariyat aktyor-aktrisalar bir ampluaga tushib qoladi. Sizni ham ko‘pincha qattiqqo‘l ota, jahldor qaynota yoki amaldor obrazida ko‘ramiz.
— Faqat serjahl otalarni o‘ynayotganim yo‘q. Yumshoq fe’lli qahramonlarim ham bor. Komedik obrazlarni ham gavdalantiraman. Aktyorman axir, har qanday holatga kira olishim kerak.

— Kino yoki seriallarni tushunamiz, ammo kliplarda-chi?
— Yashirmayman, bu masalaning moddiy tomonlari bor. Qolaversa, tanish-bilishlar iltimosini yerda qoldirolmaysiz-da. Ijro qilib berasiz.

— Rad etsangiz, nima bo‘ladi?
— Shundoq ham ko‘p takliflarni rad etayapman. Kliplarga chaqirishadi, ammo hammasiga ham boravermayman. Lekin shuni ham hamma har xil tushunadi. Muhimi, klipdagi obrazim bachkana bo‘lib qolmasin. Men shundan qo‘rqaman.

— Hojiakbar Haydarovning “Do‘lana” klipidagi ijrongiz-chi, Sizningcha, bachkana emasmi?
— Shu klipda qatnashishim uchun bir necha tanish-bilishlar o‘rtaga tushdi. Nuriddin Haydarov do‘stim edi. O‘g‘liga yo‘q deya olmadim. Tesha Mo‘minov, Erkin Komilov bilan birga bordik, ammo klip sujetidan xabarimiz yo‘q edi. Bilganimizdan keyin esa ortga qayta olmasdik, otasining hurmati. Bor gap shu. Hech qanday pul-mul degan gap bo‘lmagan. “Do‘lana”dagi rolim kimgadir yoqmagan bo‘lsa, o‘zimni oqlamayman. Lekin qoralashga ham haqim yo‘q.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн