Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rejissor Sanjar Shodiyev: Kimda kim boy bo‘lmoqchi bo‘lsa, “Seni o‘zim boy qilaman”ning tomoshasiga kelsin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 070           Дата: 18-04-2016, 18:15          
Yirik savdo markazlarida rejissor Sanjar Shodiyevning “Seni o‘zim boy qilaman” nomli filmi reklamasi, treyleri namoyishi bir muddat bo‘lsa-da to‘xtayotgani yo‘q, biroq premyerasi juda cho‘zildi. Film va uning taqdimoti sanasi haqida batafsil axborot olish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad rejissor Sanjar Shodiyev bilan suhbatlashdi.

Rejissor Sanjar Shodiyev: Kimda kim boy bo‘lmoqchi bo‘lsa, “Seni o‘zim boy qilaman”ning tomoshasiga kelsin

— Yangi filmingiz nima haqida?
— Film shou-biznes haqida. Unda Javohir Zokirov, Zarina Nizomitdinova, Adiz Rajabov, Abduvali Rajabov, Doston Ubaydullayev, Ravshan Sobirov, Shohida Ismoilova, Sharof Muqimov, Alisher Otaboyev, xullas, 40 ga yaqin mashhurlar rol ijro etgan. Xususan, filmda o‘zim ham suratga tushganman.

— Film reklamasi ancha avval boshlangan edi, biroq premyeradan hamon darak yo‘q. Yoki “O‘zbekkino” Badiiy kengashi ruxsat bermayaptimi?
— Haqiqatan ham, premyera kunining ma’lum bo‘lishi cho‘zilib ketdi. Ammo bunga sabab “O‘zbekkino” emas. Filmni ko‘rganingizdan keyin sababi ma’lum bo‘ladi. Aytishim mumkin bo‘lgani, film turli viloyatlarda suratga olindi, hammasi tabiiy bo‘lishi uchun fasllar almashinuvini kutishimizga to‘g‘ri keldi. Premyerani dekabrda o‘tkazmoqchi edim. Mana, bugun mendan baxtli odam yo‘q, chunki premyera kuni aniq bo‘ldi — 25-aprel. Premyerani juda dabdabali qilib o‘tkazmoqchiman — aktyorlar jamoasi shunga munosib.

— Ba’zi filmlarning premyerasiga ham chipta sotilmoqda. “Seni o‘zim boy qilaman”ning premyerasiga ham biletlar sotiladimi?
— Yo‘q. Chunki 40 ga yaqin aktyorning muxlislari, yoru do‘stlari bor, ularga qanday qilib: “Bu chiptaning narxi falon so‘m”, deb bo‘ladi?! Bundan tashqari, o‘zimizning muxlislarimiz ham dekabrdan beri taklifnoma kutmoqda.

— Bu film kuldiradimi yoki yig‘latadi?
— Ham yig‘latib, ham kuldiradi.

— Film nomi juda qiziq. Filmda kim kimni boy qilishga chog‘langan?
— Filmning ishchi nomi “Seni o‘zim boy qilaman yoxud tanho yulduz” edi. Tasvirga olish ishlari yakuniga yetganidan so‘ng, “Seni o‘zim boy qilaman” nomiga to‘xtaldik. Xullas, kimda kim boy bo‘lmoqchi bo‘lsa, filmni tomosha qilgani kelsin. Kim kimni boy qilmoqchi bo‘layotganini esa hozircha ayta olmayman.

Rejissor Sanjar Shodiyev: Kimda kim boy bo‘lmoqchi bo‘lsa, “Seni o‘zim boy qilaman”ning tomoshasiga kelsin

— “Biz sevgi yo‘lidamiz”, “Kutilmaganda” filmlarida bosh rolda o‘ynagan bo‘lsangiz-da, premyeraga kelmagan edingiz. Bu yosh rejissorlarni mensimaslikmi yoki o‘sha rollaringizdan ko‘nglingiz to‘lmaganmidi?
— Ikkala taxminingiz ham noto‘g‘ri. Bilasiz, biror muxlis bir yil avvaldan to‘yini belgilab, oldindan ogohlantirib ketadi. Premyera kuni esa ko‘pi bilan 15 kun avval ma’lum bo‘ladi. Ikkala film premyerasi vaqtida boshqa viloyatda to‘y marosimida edim. To‘g‘risi, men premyeralarni, ayniqsa, muxlislar bilan diydorlashishni juda yaxshi ko‘raman.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн