Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shahnozabonuning oila a’zolari “uning janozasiga estrada vakillaridan deyarli hech kim kelmadi” deb aytgan xonanda Manzuraga e’tiroz bildirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 334           Дата: 12-04-2016, 06:06          
Xonanda Shahnozabonuning vafotidan so‘ng, uning hamkasblaridan biri — xonanda Manzura janozaga san’at olami vakillaridan ko‘pchilik kelmagani haqida aytib, san’atkorlarni tanqid qilgan edi. “Qalampir.uz”ning yozishicha, Manzuraning bu gaplaridan Shahnozabonuning qizi va otasi juda ranjigan.

Shahnozabonuning oila a’zolari “uning janozasiga estrada vakillaridan deyarli hech kim kelmadi” deb aytgan xonanda Manzuraga e’tiroz bildirdi

“Xonanda Manzuraning men va onamga nisbatan kuyunchakligini to‘g‘ri tushunaman, biroq bunday intervyu bermasdan, og‘ir vaziyatda bizni qo‘llab-quvvatlashi kerak edi. Aza — uch kun. Manzura uch kun uyimizda o‘tirgani yo‘q, kim kelib-kelmaganini u qayerdan biladi? Ko‘ngil so‘rab kelganlar ham Manzurani kutib o‘tirgani yo‘q”, — dedi Shahnozabonuning qizi Umida.

“Onamni oxirgi manzilga jo‘natishga ulgurgan san’atkorlar juda ko‘p bo‘ldi, ertasi kuni ham ko‘pchilik keldi. Hozirgacha ta’ziya bildirib kelayotganlarning oxiri ko‘rinmayapti. Kechagina bastakor Shahnoz kelib ketdi, undan avval O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova kelgandi”, — dedi Umida.

“Onam odamlarni har qanday vaziyatda to‘g‘ri tushunadigan ayol edi va bu hislatlari menga ham o‘tgan. O‘sha kunlari ko‘pchilik san’atkorlar Navro‘z tadbirlarida bo‘lgan, biz buni to‘g‘ri tushundik. Shu sabab Manzuraning ‘Shahnozabonuning janozasiga hech kim kelmadi’, degan gaplaridan juda jahlim chiqdi. Janozadagi odamlarning soni faqat san’atkorlar bilan o‘lchanmaydi-ku”, — dedi Umida.

“Men onamni yo‘qotdim. Bu dardni boshidan o‘tkazmagan odam meni tushunmaydi. Janozaga dunyo yulduzlari kelgan taqdirda ham onam endi qaytib kelmaydi. Manzura shu gaplarni gapirishdan avval har bir gaplari bizga qanday ta’sir qilishini o‘ylab ko‘rmadimikin?!”, — deydi Shahnozabonuning qizi Umida.

Eslatib o‘tamiz, xonanda Shahnozabonu 14-mart kuni 42 yoshida vafot etgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, xonanda Manzura Shahnozabonuning dafn marosimida estrada vakillaridan deyarli hech kimni ko‘rmagani haqida bayonot bergan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн