Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Erkin Komilov: “Do‘lana” qo‘shig‘i klipida suratga tushganimdan afsuslandim

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 032           Дата: 8-04-2016, 00:17          
Hojiakbar Haydarovning “Do‘lana” klipi namoyish etilganidan so‘ng aksariyat muxlislar uni marhum otasi Nuriddin Haydarovning qo‘shig‘ini buzganlikda, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlarini esa bachkana xatti-harakatlarda aybladi. “Tasvir” gazetasi “Do‘lana” klipida suratga tushgan aktyorlar Erkin Komilov, Tesha Mo‘minov va Hamid Toshpo‘latov bilan bog‘lanib, ularning fikrlari bilan qiziqdi, deya ma’lum qiladi “Darakchi.uz”.

Erkin Komilov: “Do‘lana” qo‘shig‘i klipida suratga tushganimdan afsuslandim

Erkin Komilov:

— Nuriddinga hurmatim baland edi, yaqin edik. Menga so‘zlari hammamizga yod bo‘lib ketgan “Do‘lana” qo‘shig‘ini o‘g‘li kuylayotganini aytib, “Klipida qatnashib bersangiz” deb iltimos qilishdi. “Yo‘q” deyolmadim. O‘g‘lining: “Dadam sizni yaxshi ko‘rardi…” degan gapidan keyin marhum qadrdonimning xotirasi uchun klipda suratga tushishga rozi bo‘ldim. Syomkaga borganimizdan keyin noto‘g‘ri qilganimni tushunib, afsuslandim. Ko‘ngli bo‘shlik qilganim uchun o‘zimdan xafa bo‘ldim. Menga qo‘shiqning talqini yoqmadi, o‘zbekona ashula chiqmabdi. Suratga tushishdan qaytayotib, rejissorga “Biz tushgan joylarni qirqib tashlang…” deb qayta-qayta tayinlab ketdim.

Tesha Mo‘minov:

— Klipda nima ko‘rsatilishi, mazmunidan bexabar bordim. Borgandan keyin ancha odam to‘plangani, tayyorgarlik ko‘rilgani, bunga qancha vaqt sarflanganini ko‘rib, tashlab ketish ham noqulay bo‘ldi. Klipda “Yosh san’atkorga ruhiy madad bo‘lar” degan ma’noda borgandim. Biz otasining o‘rnini bossin, degan yaxshi niyatda yordam bermoqchi bo‘ldik. Bunaqa yengil-yelpi narsa olishi xayolimizga ham kelmabdi. Tushunganimizdan keyin esa kech bo‘ldi…

Hamid Toshpo‘latov:

— Klipda suratga tushish uchun uch-to‘rtta odam o‘rtaga tushib, qilgan iltimoslariga “yo‘q” deyolmadim. Klip jarayoni haqida bilgandan keyin ustoz san’atkorlarning oldida tashlab chiqib ketish ham noqulay bo‘ldi. Ammo men aktyorman, hech qanday uyat ish qilganim yo‘q, vazifamni bajardim.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн