Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun: u nimaga kerak va qachon qabul qilinadi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 284           Дата: 8-04-2016, 00:17          
O‘zbekistonda “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu borada hozirgi qadar qanday ishlar amalga oshirilgani va, umuman, qonunning qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsadlar haqida “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlangan material orqali axborot olishingiz mumkin.

O‘zbekistonda “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun: u nimaga kerak va qachon qabul qilinadi?

Yangicha iqtisodiy sharoitlarda kinematografiya sohasida davlat nazorati hamda audiovizual asarlarni yaratish (ishlab chiqarish), ko‘paytirish, foydalanish va ularni saqlash bilan bog‘liq jarayonlarni huquqiy jihatdan tartibga solish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda audiovizual sohadagi munosabatlar turli huquq tarmoqlaridagi bir qator qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinmoqda. Bevosita kinematografiyaga taalluqli huquqiy normalarning yagona tizimi mavjud emasligi, ayrim huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinmay qolayotganligi milliy kinematografiyani jahon standartlari darajasiga olib chiqish imkonini bermayapti.

O‘zbekiston Prezidentining 2004-yil 16-martdagi “Kinematografiya sohasini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-martdagi “‘O‘zbekkino’ Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kinematografiya sohasini huquqiy tartibga solishda o‘z vaqtida qabul qilingan muhim hujjat bo‘ldi. Lekin o‘tgan 12 yil sohada hal etilishi lozim bo‘lgan qator muammo va kamchiliklar yig‘ilib qolganligini ko‘rsatmoqdaki, bu milliy kinematografiyani ham tubdan o‘zgartish uchun yangi qonun hujjatlarini qabul qilish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Shulardan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-fevralda qabul qilgan qarori bilan tasdiqlangan “2016-yil uchun qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish Dasturi”ga “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish masalasi kiritilgan bo‘lib, u joriy yilning sentabr oyida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishi kerak.

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha hukumat tomonidan tasdiqlangan Reja-grafikda belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi mutaxassislari, turli vazirlik va idoralar vakillari va sohada faoliyat ko‘rsatayotgan kinodramaturglar, kinorejissyorlar va kinoshunoslardan iborat tarkibda Ishchi guruhi tuzilib, hozirda qonun loyihasini ishlab chiqish yuzasidan amaliy ishlarga kirishilgan.

Ishlab chiqilayotgan qonun loyihasi qanday bo‘lishi kerak? Undagi normalar kinematografiya sohasidagi qaysi munosabatlarni huquqiy tartibga soladi? Bu haqda quyida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Tayyorlanayotgan qonun loyihasini ikki alohida — Umumiy va Maxsus qismlarga bo‘lish mumkin.

Umumiy qismda:

1. Ushbu qonun bilan tartibga solinadigan sohalar aniqlanadi. Kinematografiyaning asosiy tamoyillari hamda kinematografiya sohasida faoliyat ko‘rsatayogan fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari o‘rnatilib, o‘zbek kino san’atining ustuvor yo‘nalishlari belgilanadi.

2. O‘zbekiston qonunchiligi tizimida yangi qonunning o‘rni, uning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan aloqadorligi belgilanib, kinematografiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining yagona majmuasi yaratiladi.

3. Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi talablardan kelib chiqib, mazkur sohada davlat siyosatining asoslari belgilanadi.

4. Kinematografiya sohasidagi terminlar tushunchasi beriladi (hozirgi kunda keng tarqalgan, audiovizual sohadagi mavjud qonun hujjatlaridagi terminlarning tushunchasi notugalligi, ayrimlarining bir-biriga qarama-qarshiligi amaliyotda noaniqliklarga sabab bo‘lib, bu salbiy huquqiy va iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ishlab chiqiladigan qonunda milliy va chet el qonunchiligi amaliyoti asosida kinematografiyaga taalluqli yangi terminlar tizimi yaratiladi. Masalan, qonun loyihasida “milliy film”, “hamkorlikdagi film” va “xorijiy film” tushunchasini belgilash zarur bo‘lib, uning maqomini o‘zlashtirishda aniq mezonlarga asoslanish va uning huquqiy oqibatlari inobatga olinishi lozim (shu jumladan prodyuser, distribyutor, investor va boshqa terminlarda ham).

5. Milliy kinematografiyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakllari va uni amalga oshirish tartibi va shartlari belgilanadi.

Qayd etish kerakki, milliy kinematografiyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-martdagi qarori qabul qilinganidan keyin kino ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir bosqichda ahamiyatli hujjat sifatida muhim rol o‘ynadi. Lekin hozirgi kunda ushbu hujjat har tomonlama qayta ko‘rib chiqishga muhtoj.

Shunga ko‘ra, qonun loyihasiga:



rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda kinematografiyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakllarini belgilash;



kinematografiya sohasidagi tashkilotlarni qayta jihozlash va modernizatsiya qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (birinchi navbatda, kino ishlab chiqaruvchi va aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi davlat korxonalarini);



milliy filmlarni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni qaytarish samarasini oshirish va uni mamlakatda keng targ‘ib qilish uchun xorij filmlari namoyishiga kvotalar belgilash (bunda O‘zbekiston hududida namoyishga qo‘yiladigan xorij filmlarining prokatdagi ulushiga cheklovlar (foiz) qo‘yiladi. Bunga misol qilib, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Hindiston va Germaniya kabi xorij davlatlar hududida xorijiy filmlarni namoyishiga kvotalar belgilanligini ko‘rsatish mumkin);



tijorat banklari tomonidan milliy filmlar ishlab chiqarish uchun imtiyozli kreditlar berilishida davlat kafolatini belgilash;



filmlarga prokat guvohnomasi berish va kinoteatr chiptalaridan yig‘imlarni joriy etish belgilanadi. Yig‘ilgan mablag‘lar milliy kinematografiyani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasiga maqsadli yo‘naltiriladi).

6. Filmlarni doimiy saqlash tartibi belgilanadi (e’tiborlisi shundaki, filmlarni doimiy saqlash tartibini belgilovchi qonun hujjatlarining mavjud emasligi hozirgi kunda ularning yo‘q bo‘lib ketish xavfini yuzaga keltirgan. Binobarin, filmning nusxasi, alohida hollarda filmning birlamchi materiallari majburiy tartibda Arxiv fondiga topshirilishi va ular milliy boylik (mulk) sifatida saqlanishi zarur (shu jumladan, xususiy studiyalar tomonidan yaratilgan filmlar ham).

Shu bilan birga, qonunda turi va janriga qarab turlicha toifada bo‘lgan filmlarning alohida jihatlari belgilanadi. Bundan tashqari, o‘quv filmlari (o‘quv yurtlari talabalarining bosqich (kurs) va diplom ishlari), shuningdek davlat buyurtmasi asosida tayyorlanadigan debyut-filmlarning maqomi belgilanishi mumkin.

7. O‘zbekistonda bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida milliy kinematografiya sahnasida paydo bo‘lgan prodyuserlar, distribyutorlar, investorlar va boshqa subyektlarning huquqiy maqomi belgilanadi (hozirgi kunda ushbu nomlar tez-tez uchrab tursada, ularning huquqlari, majburiyatlari va vazifalari huquqiy jihatdan belgilanmaganligi amaliyotda kinoasarlar yaratish jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirib, filmlarni suratga olish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi).

8. Kinematografiya sohasidagi boshqaruv organlarining tarmoq sifatida tizimi belgilanadi, sohada faoliyat ko‘rsatuvchi jamoatchilik tashkilotlarini tashkil etish tartibi va ularning o‘rni aniqlanadi.

Maxsus qismda:

1. Kinoasarlarni yaratish (ishlab chiqarish) va ulardan foydalanish (prokat qilish, tarqatish, ko‘paytirish)ning turli bosqichlaridagi huquqiy munosabatlarning alohida jihatlari belgilanadi.

1.1. Filmlar ishlab chiqarish bosqichida:

kinoasari yaratishdagi barcha ishtirokchilar o‘rtasida mualliflik-huquqiy, mehnat va xo‘jalik munosabatlari mustahkamlanadi, ularning film ishlab chiqarish jarayonidagi funksiyalari va o‘zaro huquq va majburiyatlari belgilanadi (kinematografiya sohasidagi mualliflik-huquqiy munosabatlarni amaldagi qonunchilik, birinchi navbatda, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonun bilan to‘liq tartibga solish imkoni yo‘q, bu esa amaliyotda, ayniqsa ijodkorlarga mualliflik haqini mutanosib ravishda to‘lashda ularning huquqlari buzilishiga olib keladi. Xodimlarga bog‘liq bo‘lmagan holda oldindan rejalashtirilmagan ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlar va ishsiz turib qolish kabi mehnat munosabatlaridagi o‘ziga xos xususiyatlar qonunda o‘z aksini topishi zarur, shuningdek kinematografiya sohasida ixtiyoriy va majburiy sug‘urtalash tizimini qonun hujjatlari bilan mustahkamlash zarurati amaliyotda ancha vaqt oldin yuzaga kelgan masaladir);

milliy filmlar ishlab chiqarilishini davlat tomonidan moliyalashtirish va davlatning boshqa ko‘rinishdagi qo‘llab-quvvatlash shartlari belgilanib, qo‘llab-quvvatlashning aniq mezonlari va tartibi ko‘rsatilgan holda davlat ko‘magini oluvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari doirasi aniqlanadi; davlat moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi sifatida hamprodyuser (soprodyuser) bo‘lishi, va bu kabi qo‘llab-quvvatlash orqali yaratilgan kinoasarlarga nisbatan mulkiy huquqining bir qismini egasi bo‘lishi mumkinligi belgilanadi.

1.2. Film ishlab chiqarishni yakunlash va uni foydalanishga tayyorlash bosqichida:

filmni qabul qilish tartibi o‘rnatilib, film nusxalari va birlamchi materiallarni qabul qilib olishning texnik standartlari belgilanadi (ushbu bosqichda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish choralarini qonun hujjatlarida mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston hududida filmlardan foydalanish (prokat qilish, namoyish qilish, tarqatish, ko‘paytirish va hok.) uchun texnik va texnologik talablarni belgilashda filmlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (registratsiya qilish) va prokat guvohnomasini berish mexanizmini ishlab chiqish zarur bo‘ladi);

1.3. Filmlardan foydalanish bosqichida:

audiovizual asarlardan foydalanish bilan bog‘liq asosiy faoliyat turlarini litsenziyalash sharti belgilanadi (Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarorida audiovizual asarlardan foydalanish faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi belgilangan. Lekin, audiovizual asarlardan foydalanish faoliyat turlarini litsenziyalash ikkita alohida organ, ya’ni “O‘zbekkino” MA (ekranda namoyish etish faoliyat turi bo‘yicha) va Intellektual mulk agentligi tomonidan (filmlarni takrorlash, sotish, prokatga berish faoliyat turlari bo‘yicha) litsenziyalanishi audiovizual asarlardan foydalanishni amalga oshiruvchi subyektlar faoliyati ustidan tizimli nazorat o‘rnatish imkonini bermaydi).

Shunday ekan, Qonun loyihasiga filmlardan foydalanish tamoyillari kiritilishi, shuningdek filmlarni prokat qilish va ommaviy namoyish etish, filmlarni tayyorlash, ko‘paytirish va tarqatishdagi umumiy talablar belgilanishi maqsadga muvofiq. Ushbu talablarning qonunda mustahkamlanishi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxati”ga kinematografiya sohasida ruxsat berish tartib-taomillari kiritilishiga asos bo‘lib, kelgusida har bir filmning qonunda belgilangan talab va shartlarga muvofiqligini ekspert baholash va ulardan foydalanishga ruxsat berish tartibini o‘rnatish imkonini yuzga keltiradi.

kinoasarlardan foydalanishda televideniyening imkoniyatlarini hisobga olish zarur (buning uchun, filmlarning namoyishini tashkil qilishda ularning reklama bloklarini telekanallarda joylashtirish kabi qoidalarni amaldagi qonun hujjatlariga (masalan, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga) kiritish mumkin).

milliy filmlarning mahalliy va xalqaro kinofestivallardagi ishtirokini tartibga solishga qaratilgan normalar kiritiladi (bunda milliy filmlarning mahalliy va xalqaro kinofestivallarda ishtirokini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (moliyalashtirish)ning tamoyillari va tartibi nazarda tutiladi).

1.4. Filmlarni (nusxa va birlamchi materiallarini) saqlash bosqichida:

filmlar materiallarini yig‘ish, saqlash, o‘rganish va tiklash faoliyatini amalga oshiruvchi arxivlar (kinofond) faoliyati huquqiy tartibga solinadi (bunda materiallarni qabul qilish tartibi, ularning texnik sifati ustidan nazorat qilish, saqlanayotgan materiallardan arxivlarning foydalanishi, shuningdek ularni huquq egalariga va foydalanuvchilarga taqdim etish tartibi nazarda tutiladi).

2. Kinematografiya sohasidagi tashkilotlarni soliqlar va bojxona yig‘imlaridan ozod qilish tartibi va shartlari belgilanadi.

Xususan:



korxonalar qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) va foydadan olinadigan soliqdan ozod etiladi (bu esa korxonalarning kinematografiya faoliyati bilan shug‘ullanishiga qulayliklar rejimini yaratib, mablag‘ taqchilligi sharoitida kinostudiyalarning o‘z qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan milliy filmlarni ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshiradi va ko‘rsatiladigan xizmatlarga (ishlab chiqarish va namoyish qilishga) sarflanadigan xarajatlar kamayadi);



import va eksport bilan bog‘liq, O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan va ushbu hududdan olib chiqiladigan kinomahsulotlar, kinomateriallar va kinouskunalar uchun kinematografiya tashkilotlari bojxona boji va yig‘imlardan ozod qilinadi (buning natijasida, O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan zamonaviy xorij kinouskunalarining tannarxi arzonlashib, kinematografiya sohasidagi korxonalarni, birinchi navbatda davlat tasarrufidagi kinostudiyalarni texnik va texnologik jihatdan ta’minlash (modernizatsiya qilish) imkoni yuzaga keladi);

3. Kinematografiya sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy tamoyillari belgilanadi. Xususan:



O‘zbekistonning ushbu sohadagi xalqaro konvensiyalar va xalqaro tashkilotlardagi ishtirokidan kelib chiqib, kinematografiya yo‘nalishida xalqaro siyosat tamoyillari belgilanadi.



qonunda hamkorlikda film ishlab chiqarishning alohida tartibi belgilanadi; xorijiy hamkorlar ishtirokida yaratilgan milliy filmlardan foydalanish tartibi o‘rnatiladi va hk;



O‘zbekiston hududida xalqaro kinofestivallarni o‘tkazish va O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslarining xorijiy kinofestivallarda ishtirok etishi tartibi belgilanadi.

4. Kinematografiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi.

Qonun loyihasini tayyorlash 2016-yilning iyun oyiga qadar yakuniga yetkazilib, jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasiga qo‘yiladi. Muhokama jarayonida berilgan takliflar va mulohazalar Ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, qonun loyihasi joriy yilning iyul oyida “O‘zbekkino” Milliy agentligi rasmiy veb-saytiga va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtiriladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн