Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13–14-may kunlari Toshkentda “Mening Toshkentim” nomli myuziklning premyerasi bo‘lib o‘tadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 453           Дата: 5-04-2016, 12:22          
2016-yilning 13–14-may kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Qor malikasi” nomli birinchi oilaviy myuziklning ijodkorlari tomonidan yaratilayotgan yangi “Mening Toshkentim” myuziklining premyerasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda loyiha tashkilotchisi Art Uz Promotion Agency MChJ “Daryo”ga xabar berdi.

13–14-may kunlari Toshkentda “Mening Toshkentim” nomli myuziklning premyerasi bo‘lib o‘tadi

Myuzikl syujetiga bir mahallaning hayoti, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi odamlarning ichki kechinmalari, muhabbati, oilaviy munosabatlari va ular hayotining boshqa yorqin taraflari asos qilib olingan.

Sahnalashtiruvchi rejissor sifatida Hasan va Husan Solihovlar ishtirok etmoqda. Shu bilan birga Hasan Solihov boshlovchi rolini ham ijro etadi. Myuzikl musiqasi bastakor Adham Abduraimov tomonidan yaratilmoqda. “Aladdin” estrada studiyasining asoschisi va badiiy rahbari Rustam Hamroqulov esa ushbu loyihaning vokal bo‘yicha rahbari sifatida ishtirok etmoqda.

Bosh rollarni ijro etish uchun taniqli estrada xonandalari, kino va teatr aktyorlari taklif etilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fotima Rejametova, Muhammadiso Abdulxairov, Adiz Rajabov, Asal Shodiyeva, Shadisha va kasting asosida tanlab olingan iste’dodli yosh ijrochilar o‘z mahoratlarini namoyish etadi.

Namoyish bir vaqtning o‘zida o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi. Tadbirga chiptalarni “Istiqlol” san’at saroyi kassalaridan, hamda Uzcard va Click elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda sotib olish mumkin.

Tashkilotchilar “Mening Toshkentim” Toshkent shahrining “tashrif qog‘ozi” bo‘lib qolishiga va ko‘p yillarga muxlislar qalbida o‘rin egallashiga umid qilmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн