Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jeyson Steytem LG G5 smartfonining birinchi reklama roligida bosh rolni ijro etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 541           Дата: 31-03-2016, 09:00          
Amerikalik taniqli aktyor, “Tashuvchi”, “Tutqich bermaslar” filmlari yulduzi Jeyson Steytem LG kompaniyasining innovatsion modullli smartfoni bo‘lmish LG G5 reklama roligida suratga tushdi.

Jeyson Steytem LG G5 smartfonining birinchi reklama roligida bosh rolni ijro etdi

LG G5 va LG Friends qo‘shimcha qurilmalarining imkoniyatlari haqida so‘zlovchi bu rolik rejissori Fredrik Bonddir. U xalqaro brendlar uchun ko‘plab global kampaniyalarni boshqargan.

Kampaniyaning asosiy e’tibori LG G5’ning universal modulli dizayniga qaratilgan bo‘lib, u o‘yin o‘ynash va smartfondan foydalanib rohatlanish imkoniyatlarini beradi. LG G5 o‘z gadjetlari orqali o‘zgarishi mumkin, masalan, u raqamli kameraga yoki Hi-Fi audiopleyerga aylanishi mumkin. Ushbu smartfon yashash tarzini yengillashtiruvchi zamonaviy texnologiyalarni xush ko‘ruvchilar uchun ayni muddaodir.

Suratga olish ishlari Los-Anjelesda Energy BBDO kreativ agentligi ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Syujetga ko‘ra, Jeyson Steytem LG G5’dan foydalanishning quvnoq va qiziqarli imkoniyatlarini namoyish etadi. Aktyor LG G5’ning “Hayot unda o‘yinga joy borligi bilan qiziqdir” shiorini aks ettirgan kulgili sahnada barcha qahramonlar rolini ijro etdi.

“Nazarimda, LG kompaniyasi LG G5 smartfoni orqali ilgari surayotgan modulli dizayn konsepsiyasi albatta xaridorlarning e’tiborini jalb etadi. Mazkur rolikni yaratish ustida LG kompaniyasi bilan ishlash menga juda manzur bo‘ldi va umid qilamanki, buni barcha tomoshabinlarimiz munosib baholaydi”, — dedi Jeyson Steytem.

“MWC doirasidagi premyeradan so‘ng biz ko‘pchilikdan ular aynan LG G5 smartfoniga o‘xshagan qurilmani kutganligini eshitdik. LG G5 yordamida biz smartfon odatiy aloqa vositasidan-da ortiq vazifalarni bajara olishini ko‘rsatish, foydalanishning yangi imkoniyatlari bilan tanishtirish niyatidamiz. Bu bizning hayotimizni yaxshilab, uni yanada qiziq qiladi”, — deb ta’kidlaydi LG Mobile Communications kompaniyasi vitse-prezidenti va marketing aloqalari bo‘limi boshlig‘i Kris Yi.

Mazkur reklama roligi 1-apreldan Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa va Sharqiy Osiyo hamda bir qator mamlakatlarda namoyish etiladi. Shuningdek, u LG Mobile kompaniyasining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga ham qo‘yildi.

Mahsulot sertifikatlangan.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн