Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“O‘zbekkino” yirik savdo markazlaridagi kinoteatrlarning filmlar repertuarini 1,5 oy ichida tartibga soladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 254           Дата: 28-03-2016, 15:11          
“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev yirik savdo markazlarining ichida joylashgan xususiy kinoteatrlarning repertuari og‘riqli masalalardan biri ekanligini qayd etib o‘tdi. Bu haqda agentlik faoliyatiga bag‘ishlab 25-mart kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida qatnashgan “Daryo” muxbiri ma’lum qildi.

“O‘zbekkino” yirik savdo markazlaridagi kinoteatrlarning filmlar repertuarini 1,5 oy ichida tartibga soladi

Xabar berishlaricha, jurnalistlardan biri: “Yirik savdo markazlari ichida joylashgan kinoteatrlarda qo‘yilayotgan filmlarning repertuarlari nazorat qilinadimi? Bu kinoteatrlar xususiy bo‘lgani bilan, unda namoyish etilayotgan filmlarni farzandlarimiz ko‘radi”, — qabilida savol bergan.

“Savdo markazlari ichida joylashgan kinoteatrlarda namoyish etilayotgan filmlar repertuari va ularning nazorati ham og‘riqli masalalarimizdan. Mazkur yo‘nalish shu vaqtgacha me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinmagan. Ammo bu kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri. 1—1,5 oy ichida bu masalani tartibga solamiz”, — dedi “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev.

Avvalroq “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori O‘zbekistonda 2020-yilda tarixiy film suratga olinishi rejalashtirilayotgani, shuningdek, mamlakatdagi kollej-litseylarning majlis zallaridan kinoteatr sifatida foydalanish masalasi o‘rganib chiqilayotganini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн