Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda kollej-litseylarning majlislar zallaridan kinoteatr sifatida foydalanilishi mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 634           Дата: 28-03-2016, 12:30          
Milliy matbuot markazida 25-mart kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatiga bag‘ishlab tashkil etilgan matbuot anjumanida taniqli rejissor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hilol Nasimov agentlik bosh direktori Otabek Musayevga kinoteatrlar masalasida murojaat qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

O‘zbekistonda kollej-litseylarning majlislar zallaridan kinoteatr sifatida foydalanilishi mumkin

“‘O‘zbek kino kunlari’, ‘Biz buyuk yurt farzandlarimiz’ shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlar bilan O‘zbekistonning ko‘plab viloyatlarida bo‘ldik. Kinoteatrlarning xususiy tadbirkorlarning qo‘liga o‘tib ketgani bizni ancha o‘ylantirib qo‘ydi. Davlat tasarrufidagi kinoteatrlar qachon quriladi, bu borada rejalar bormi?”, — deb savol berdi Hilol Nasimov.

Otabek Musayevning ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda “O‘zbekkino” tasarrufida oltita kinoteatr mavjud. Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda joylardagi kollej-litseylarning majlislar zallaridan kinoteatr sifatida foydalanish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

“Hozirgi vaqtda ‘O‘zbekkino’ Milliy agenligi, Savdo-sanoat palatasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan, kollej-litseylarning 200, 300, 400 kishilik zallaridan, darsdan bo‘sh vaqtda kinoteatr sifatida foydalanishni nazarda tutuvchi qo‘shma qaror tayyorlanmoqda”, — dedi Otabek Musayev.

“Bu, dars tugadi, eshik ochildi, kirlaring, kino ko‘rlaring, degani emas. Yo‘q, to‘laqonli kinoteatr bo‘lishi, tomoshabin haqiqiy kinomuhitga kirishi kerak. Mazkur loyiha dastlab sinov tartibida Navoiy va Sirdaryo viloyatlaridagi kollej-litseylarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan”, — dedi “O‘zbekkino” rahbari.

“Hali juda ko‘p tashkiliy masalalar bor. Misol uchun, chipta narxlari qanday bo‘ladi, tartib uchun kim mas’ul bo‘ladi — shu kabi masalalarni ishlab chiqish jarayonidamiz. Ushbu ishni amalga tatbiq qilsak, ancha kamchiliklar barham topardi”, — deya qo‘shimcha qildi “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031