Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Orkestrga dirijor nima uchun kerak?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 709           Дата: 25-03-2016, 21:29          
Ko‘pgina insonlar, har bir musiqachida notalar bor ekan, ularga dirijordan nima naf tegishi mumkinligini tushunmaydi. Shu masalani oydinlashtirish maqsadida Meduza rossiyalik jurnalist va san’atshunos Aleksey Munipovga bir qator savollar bilan murojaat qildi.

Orkestrga dirijor nima uchun kerak?

Orkestrlarda dirijor qachon paydo bo‘ldi?

Musiqachilarning jamoa bo‘lib kuy ijro etishi qadimdan ma’lum bo‘lgan an’anadir. Albatta, bunday orkestrlarning rasmiy va norasmiy yetakchilari bo‘lgan. Qadimgi Misr barelyeflarida qo‘lida tayoq tutib musiqachilarni boshqarayotgan odamlarning tasvirlari uchraydi. Qadimgi Yunonistonda esa xor rahbarlari — korifeylar temir tovonli shippaklar yordamida musiqaga marom berib turgan. Orkestrlar kengaygan sari (O‘rta asrlarda va Uyg‘onish davrida ular hali kapella deb atalgan), orkestr ijrosi amaliyoti qiyinlashgan sari boshqaruvchi shaxsga bo‘lgan zarurat oshib boraverdi — u marom berib turib, barcha tartib bilan o‘z vaqtida ijroga kirishishini nazorat qilar edi. Ilgari bu ish “battuta” deb atalgan salmoqli aso yordamida amalga oshirilgan, uni yerga urib, marom berib turilgan — bu jarayon aks etgan eng eski tasvirlar XV asrga oid. Bu ish ancha og‘ir va xavfli edi — buyuk fransuz bastakori Jan-Batist Lyulli (1632–1687) mana shunday aso uchi bilan oyog‘ini jarohatlab olib, qorason tufayli olamdan o‘tgan.

Kapellalar bilan o‘z musiqasini ijro etgan bastakorlar birinchi dirijorlar bo‘ldi. Ular oyoq bilan yer tepishi yoki, Bax singari, qo‘lidagi qog‘oz o‘ramini silkitishi mumkin edi. Ba’zan bu funksiyani klavesinistlar yoki skripkachilar bajarar, ular kamoncha yordamida ishora berib turar edi. Dirijorlar bir nechta bo‘lishi ham mumkin edi — operada xormeyster qo‘shiqchilarni, konsertmeyster orkestrni boshqarardi. Dirijor musiqachi bo‘lib, u ham yo soz chalar, yo kuylardi. Konsertmeysterlar birinchi skripka partiyasini ijro etib, boshqa musiqachilarga ko‘zlari bilan yoki bosh silkitib ishora berar, ba’zan ijroni to‘xtatib, kamoncha bilan marom berib turar edi.

Dirijor tayoqchasi qanday paydo bo‘ldi?

Tasodifan. Mohiyatan tayoqcha kamoncha va notalar yozilgan qog‘ozning muqobili edi. Dirijorlar tayoqchani XIX asr boshidan qo‘llay boshladi va, tavsiflarga ko‘ra, bu tayoqlar boshida ancha zalvorli bo‘lgan. Aynan XIX asr dirijorlikning alohida kasbga aylanish davri bo‘ldi — ular orkestrlardan ajralib chiqib, maxsus ko‘tarmaga chiqib, o‘sha payt uchun eng g‘alatisi, muxlislarga teskari turib ishlaydigan bo‘ldi. Bu ishni qilgan birinchi odam yo Gektor Berlioz, yo Rixard Vagner bo‘lgan — qaysi biri avvalroq ekani ma’lum emas. XIX asrning o‘ta murakkablashib ketgan va ishtirokchilari soni yuzlab ijrochidan iborat bo‘lgan simfonik orkestrlariga maxsus boshqaruvchi shaxs zarur edi — u ham musiqa chalish, ham boshqarish ishini birvarakayiga bajara olmas edi. Dirijor shaxsi, shubhasiz, romantik an’ana mahsuli edi — qo‘lining bir harakati bilan musiqa massasi va tinglovchilar hissiyotlarini boshqara oladigan yakka daho obrazi unga jo bo‘ldi.

Ya’ni, dirijor birinchi navbatda to‘g‘ri ritm berib turish uchun kerakmi?

Kamida ijroni maromga solish, kim qachon qo‘shilishini ko‘rsatib turish — bu juda muhim. Albatta, musiqachilar buni o‘zlari ham kuzatib turishi, taktlarni sanashi va hamkasblarini eshitishi mumkin, ammo bu oson emas, katta simfonik orkestrlarda musiqachilar barcha partiyalarni eshita olmaydi. Ammo dirijorning vazifalari bu bilan cheklanmaydi: u ijroning barcha parametrlariga, barchasi yagona temp va kayfiyatga ega bo‘lishiga javob beradi. Talqin uchun ham u mas’ul — axir bitta asarni turlicha ijro etish mumkin. Tezlikni o‘zgartirish, urg‘ularni boshqacha berish, qismlarning kayfiyatlarini har xil talqin qilish, partiyalarga har xil e’tibor qaratish mumkin. Repetitsiyalarda dirijor shu bilan shug‘ullanadi — musiqachilar bilan partiturani sinchiklab o‘rganib chiqadi, asarning yangrashi va umumiy mazmunidan qoniqmaguniga qadar.

Ijro an’anasi uzilib qolganida bu yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi — XVII va XVIII asrning buyuk bastakorlari yaratgan asarlar uzoq vaqt ijro etilmagan, ular o‘sha vaqtlarda qanday yangraganini faqat taxmin qilishimiz mumkin, xolos. Zamonaviy bastakor dirijor bilan butun partiturani ko‘rib chiqishi, o‘z asarini qanday ijro etish borasida maslahat berishi mumkin (albatta, bu masalada dirijor ijodiy erkinlikka ega), Venada esa Iogann Shtraus valslarini Shtrausning rahbarligi ostida ijro etgan musiqachilar hali-hamon bor, lekin “Bax, Vivaldi va Lyullining asarlarini qanday qilib to‘g‘ri ijro etish mumkin?” degan savolga aniq javob yo‘q. U davr notalarida tushuntirishlar juda kam, notalarda ko‘rsatilmagan, lekin zamona musiqachilariga tushunarli bo‘lgan ko‘plab detallar endi hech qachon tiklanmasa kerak. Bu holatda shunchaki notalarga ko‘ra ijro etish mumkin emas: barokko partiturasi deshifrovkasi muammosi murakkab musiqashunoslik detektiviga tengdir. Yaqinda qazo qilgan dirijor Nikolas Arnonkurning kitobini o‘qisangiz, bir narsaga amin bo‘lasiz: tegishli davrning barcha manbalarini o‘rganib chiqish, shu asosda, notalardan foydalangan holda, asar ruhini tiklash lozim.

Bitta asarning qanday yangrashi dirijorning shaxsiga bog‘liqmi?

Aynan. Ikki dirijor bitta simfoniyani o‘xshash ham, boshqacha ham ijro etishi mumkin. Mana buning yaqqol misoli. Baxning bitta asari Karl Rixter

va Nikolas Arnonkur dirijorligi ostida.

Dirijorlar har doim qattiqqo‘l bo‘lishi shartmi?

Shart emas. Lekin ularning ishi og‘ir va mas’uliyatli, qat’iyat va bosim o‘tkaza olish qobiliyati talab etiladi. Dirijor va orkestr munosabatida hokim va omma munosabatlari tashbehini ko‘rishimiz mumkin (Fellinining “Orkestr repetitsiyasi” kartinasi mana shu tashbeh asosiga qurilgan). XX asrda ko‘p dirijorlar o‘z orkestrlari boshqaruvida diktat, bosim o‘tkazish va qo‘rquv muhitini yaratish havasidan qocha olmadi. Asrning buyuk dirijorlari — Gerbert fon Karayan, Vilgelm Furtvengler, Arturo Toskanini bilan ishlagan musiqachilar ularni qo‘rquv bilan esga oladi. Toskaninining g‘azabga minib, quturib ketishi aks etgan audioyozuv saqlanib qolgan. U bunday holatga muntazam ravishda tushib turgan. Ammo bekam-ko‘st tarbiya ko‘rgan dirijorlar ham nigohi bilan musiqachini yo‘q qilib yuborar edi.

Dirijorlar qachon yulduzga aylandi?

XX asr boshiga kelib dirijorlar chinakam pop-yulduzlarga aylandi, ular gastrol safarlari uyushtirar va katta miqdorda gonorar olar edi. Samolyot aloqalarining rivojlanishi ushbu jarayon shiddatini oshirib yubordi: endi dirijor repetitsiyadan repetitsiyaga uchib, bir necha orkestrni birvarakayiga boshqarishi mumkin edi. Valeriy Gergiyevni olaylik: u bir kun ichida turli mamlakatlardagi ikkita konsertga boshchilik qilishga qodir.

Orkestr gapga quloq solishi uchun qo‘llarni qattiq silkitish shartmi?

Yo‘q. Bu dirijor psixofiziologiyasi masalasidir. U bosiq bo‘lishi yoki pyupitr ortida turib raqs tushishi mumkin — ikki variant ham yaxshi ijro kafolati bo‘la olmaydi.

Dirijorsiz orkestrlar ham bo‘ladimi?

Buning yorqin namunasi — sobiq Ittifoqda 1922-yildan 1932-yilgacha mavjud bo‘lgan Persimfans orkestri. U yuqori malakali musiqachilardan tarkib topgan bo‘lib, dirijorsiz ishlash vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan — barcha qarorlar jamoa bo‘lib qabul qilingan, musiqachilar esa, bir-birini eshitish va ko‘rish uchun tomoshabinlarga qarab emas, to‘garak bo‘lib o‘tirgan. Boshida odatdagidan ko‘proq repetitsiya qilish kerak bo‘ldi, lekin keyin tizim ishga tushdi. Ijro sifatiga zarar yetmadi — Persimfans obro‘ qozondi, xususan, Sergey Prokofyevdan ko‘p maqtovlar eshitdi. Ammo, nima bo‘lganda ham, uning tarixi bir ekzotik misol bo‘lib qoldi. 2008-yilda musiqachi Pyotr Aydu Persimfans ishini qaytadan boshladi, endilikda dirijorsiz orkestr ijrosidan barcha bahramand bo‘lishi mumkin.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн