Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Onalar haqida yig‘latuvchi qo‘shiq, eridan qochib sahnaga chiqqan ayol, Rahmatilla Mirzayev va Abdumo‘min O‘tbosarovga bag‘ishlangan “Xotira”. Shuhrat Qayumovning konserti haqida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 106           Дата: 25-03-2016, 15:42          
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli suxandon va xonanda Shuhrat Qayumov 22—23-mart kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Konsertda mehmon bo‘lgan jurnalist Feruz Muhammad o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi.

Onalar haqida yig‘latuvchi qo‘shiq, eridan qochib sahnaga chiqqan ayol, Rahmatilla Mirzayev va Abdumo‘min O‘tbosarovga bag‘ishlangan “Xotira”. Shuhrat Qayumovning konserti haqida

Shuhrat Qayumovning konsertoldi tayyorgarligida mehmon bo‘lganimizda, konsert bilan bog‘liq barcha sirlarni ochib qo‘ymaylik, deb ko‘p ma’lumotlarni bayon qilmagan edik. Konsert kuni esa bizda bor ma’lumotlar sahnada namoyish qilinganlari oldida deyarli ahamiyatsiz bo‘lib chiqdi.

Shu vaqtgacha qaysi konsertda bo‘lmay, deyarli barchasi yo texnik sabablarga, yo bo‘lmasa noma’lum larga ko‘ra hech bo‘lmasa 10 daqiqa kech boshlanish odat edi. Shuhrat Qayumov bunga qarshi chiqib, konsertni belgilangan vaqtda — 19:00 da boshladi.

Xonanda “Shukrona” deb nomlangan qo‘shiq bilan muxlislar orasidan chiqib keldi. Bu vaqtda muxlislar hali ham joy qidirish bilan ovora edi. E’tiborli tomoni, “joy qidiruvchi”lar orasida taniqlilar ham bor. “Joy qidirish” sahnada kuylangan uchinchi qo‘shiq — “Ayriliq” tugaguniga qadar davom etdi.

Umida Mirhamidovaning “Oq atirgullari” va unga javob tariqasida kuylangan Shuhrat Qayumovning qo‘shig‘ini muxlislar juda yaxshi kutib olishdi.

Onalar haqida yig‘latuvchi qo‘shiq, eridan qochib sahnaga chiqqan ayol, Rahmatilla Mirzayev va Abdumo‘min O‘tbosarovga bag‘ishlangan “Xotira”. Shuhrat Qayumovning konserti haqida

Qayumov sahnada o‘zini tutishi, madaniyati, o‘ziga ishonchi bilan bugungi ko‘plab san’atkorlarimizga ustoz bo‘lsa arziydigan darajada. Uning ijrosida har bir qo‘shiq yuksak mahorat bilan kuylandi. Ayniqsa, ular orasida onalarga bag‘ishlangan qo‘shiqni alohida takidlash lozim.

Qo‘shiqdan avval monolog o‘qildi — uzun, ta’sirli, mahzun, lekin umidbaxsh monolog. Shu vaqtgacha “Istiqlol” saroyida ona siymosiga bag‘ishlangan monologlarni ko‘p eshitganman, ammo hammasi fonogramma orqali eshittirilgan edi. Qayumovning konsertidagi eng baland pardada, yig‘lab kuylangan va yig‘lab tinglangan qo‘shiq shu bo‘ldi.

Dasturning o‘rtasida bir ayol uni kaltaklayotgan eridan qochib sahnaga chiqdi. Bu dasturning o‘ziga xos sahna ko‘rinishi ekanligi bizga ayon edi. Ba’zi bir oilalarda bo‘ladigan kelishmovchiliklar ustamonlik bilan, qalblarni larzaga keltirar darajada sahnaga olib chiqildi. Ushbu sahna ko‘rinishiga, undan so‘ng kuylangan “Ayoli bor” deb nomlangan qo‘shiq uyg‘unlashib ketdi.

“Xotira” deb nomlangan qo‘shiqda marhum ustozlar — O‘ktam Jobirov, Davron Zunnunov, Mirzohid Rahimov, Rahmatilla Mirzayev, Abdumo‘min O‘tbosarov va Dildora Qayumovalar yodga olindi. Shu vaqtda katta monitorda ularning suratlari ham ko‘rsatib turildi. Bu qo‘shiq ham barchani yig‘latdi.

Konsertda sahnadagi raqqosalarning harakatlariga gap bo‘lishi mumkin emas, ammo zaldagi onaxonlar, ayollar, ta’bir joiz bo‘lsa, ulardan-da chiroyliroq raqsga tushdi. Maromiga yetkazilib ijro etilgan “O‘xshaydi-ku”, “Munojot”, “Bu hayot”, “Ketma yonimdan, ketma” va boshqa taronalarga raqsga tushmaslikning iloji ham yo‘q edi.

Onalar haqida yig‘latuvchi qo‘shiq, eridan qochib sahnaga chiqqan ayol, Rahmatilla Mirzayev va Abdumo‘min O‘tbosarovga bag‘ishlangan “Xotira”. Shuhrat Qayumovning konserti haqida

Bundan yigirma yillar ilgari kuylangan “Bir diktor” deb nomlangan qo‘shiq, sahnada yana bir bor jarang sochdi. “Shunchaki bir diktor demangiz, shunchaki bir diktor bo‘lsam ham…” misralaridan iborat mazkur qo‘shiq, menimcha, a’lo darajada o‘tgan konsert dasturiga yakun yasadi.

Feruz Muhammad,
“Daryo” uchun maxsus

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн