Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shuhrat Qayumovning Umida Mirhamidovaga javobi, konsertga tayyorgarlik jarayoni, yo‘tali va fonogrammaga munosabati haqida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 157           Дата: 22-03-2016, 09:50          
Xonanda Shuhrat Qayumov og‘ir betoblikni boshdan kechirayotgan bo‘lsa-da, 22—23-mart kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘ladigan konsertga tayyorgarlikni bir zum to‘xtatmadi. Jurnalist Feruz Muhammad konsertoldi tayyorgarlik jarayonida mehmon bo‘ldi.

Shuhrat Qayumovning Umida Mirhamidovaga javobi, konsertga tayyorgarlik jarayoni, yo‘tali va fonogrammaga munosabati haqida

Bir oydan ziyod vaqt mobaynida tinimsiz mehnat qilayotgan sozandalarda tushkunlik yoki charchash alomatlari umuman sezilmaydi. Ularning zavqidan, o‘zlari mazza qilib soz chalishlaridan ruhingiz kuy ohangiga mos harakat qilgisi keladi.

Rustam Azimov boshchiligidagi sozandalar guruhi har bir qo‘shiq kuyini o‘zaro ijodiy raqobat qilib chalayotganga o‘xshaydi. Adashish yo‘q, ortda qolish yo‘q, ijodiy mukammallik va bir-birini to‘ldirish bor.

Shuhrat Qayumovning Umida Mirhamidovaga javobi, konsertga tayyorgarlik jarayoni, yo‘tali va fonogrammaga munosabati haqida

Shuhrat Qayumov konsertida har bir qo‘shiq o‘z tinglovchisini topadi — yetti yoshdan yetmish yoshgacha va shu yosh oralig‘i dasturda kuylanayotgan qo‘shiqlarga mezon qilib olingan. Barcha qo‘shiqlar baland pardalarda kuylashni taqozo qiladi.

Shu o‘rinda Shuhrat Qayumovning yo‘tali hali ham qolmaganligini, qo‘shiq kuylayotgan vaqtda yo‘tali tutib qolganligini fotomuxbirimiz ham bir necha bor payqadi.

Shuhrat Qayumovning Umida Mirhamidovaga javobi, konsertga tayyorgarlik jarayoni, yo‘tali va fonogrammaga munosabati haqida

Xonanda Umida Mirhamidova bilan birgalikda savol-javob qilib kuylanadigan “Oq atirgullar” konsert dasturidagi kutilmagan taronalardan bo‘ladi. “Oq atirgullar” shu vaqtgacha qay darajada xit-paradlarni ushlab turgan bo‘lsa, bu savol-javobdan keyin uning umri yanada uzayishi aniq.

— Umida Mirhamidova bilan birgalikda qo‘shiq kuylash, ularning qo‘shiqlariga javob qo‘shiq tayyorlash g‘oyasi kimdan chiqdi?
— Mumtoz qo‘shiqlarni juda yaxshi ko‘raman, shu bilan birgalikda zamonaviy estrada qo‘shiqlarni ham tinglayman. “Oq atirgullar” qo‘shig‘ini juda yaxshi ko‘rardim. Har doim Umidaxon bu qo‘shiqni kimga aytgan ekanlar, deb ularga boshqa odamlar juda ko‘p bergan savolni men ham o‘zimga o‘zim berardim. Hozir oilaviy mojarolarni eshitsangiz, yigit tomon o‘zicha haq, qiz tomonning ham o‘zini oqlaydigan sabablari bor. Xuddi shunday bu qo‘shiqni oshiq yigit tilidan bevafo qizga qarata aytilgan. Ya’ni, “seni o‘zing bevafolik qilding, men sen uchun haligacha oq atirgullarni o‘stiraman”. Oradan yigirma yillar o‘tgan bo‘lsa-da, sen uchun ochiladi sen sevgan atirgullar, deya javob qo‘shiq tayyorlaganmiz. Bu haqida, shunday qo‘shiq kuylash haqida anchadan buyon o‘zim o‘ylab yurar edim.

Shuhrat Qayumovning Umida Mirhamidovaga javobi, konsertga tayyorgarlik jarayoni, yo‘tali va fonogrammaga munosabati haqida

— So‘zi va musiqasi kim tomonidan yaratilgan?
— Musiqasi “Oq atirgullar” qo‘shig‘ining musiqasi, so‘zi shoira Hilola Ibrohimovaga tegishli. Bu qo‘shiqni repititsiya vaqtida duet ham qilib ko‘rdik, keyin savol-javobga kelib to‘xtadik.

— Aksariyat san’atkorlar “Istiqlol”da jonli konsert bermasligiga sabab qilib san’at saroyining texnikasini ko‘rsatadi. Bu qanchalar o‘rinli sabab?
— Bilmadim, hamma o‘zining o‘rganganini qiladi. Mana, o‘zingiz ham repititsiya jarayonida ko‘rdingiz, hali ham yo‘talim qolmagan, qo‘shiq kuylayotganimda ham yo‘tal tutib qolyapti. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham, harakatni to‘xtatganimiz yo‘q. Konsert dasturi kuniga qadar sog‘ayib qolaman, degan umidim bor. Hattoki, yaqinlarim ham nima uchun fonogrammada kuylamaysiz, o‘zingizni qiynash shartmi, deyishadi. Ammo dasturni fonogrammada qilishni, ikki soat diskni qo‘yib sahnada aylanib yurishni o‘zimga ep ko‘rmadim. Siz hali ham meni yaxshi bo‘lib turgan holatimni ko‘ryapmiz. Nima uchun tayyorgarlik uchun aynan shu binoni tanladik, chunki bu bino shifoxonaga yaqin edi. Shifoxonadan ikki shogirdim ikki tomonimdan tutib tayyorgarlikka olib kelar edi. Bu holatimda fonogrammadan yaxshisi yo‘q edi. 39—40 darajada harorat bilan ham tayyorgarlikni to‘xtatmadik. Agar fonogramma bo‘lganda soz chalishni bilmaydigan 4 ta odamning qo‘liga cholg‘u asboblarini berib, diskni qo‘yib sahnada aylanib yurar edim.

Shuhrat Qayumovning Umida Mirhamidovaga javobi, konsertga tayyorgarlik jarayoni, yo‘tali va fonogrammaga munosabati haqida

— Haqiqatan ham o‘zim guvohi bo‘ldim, tayyorgarlik jarayonida qo‘shiq kuylayotganingizda yo‘tal tutib qolyapti. Keyinchalik bu zo‘riqishning asorati qolishi mumkin, shifokorlardan maslahat oldingizmi?
— Maslahat oldim, ular mumkin emas deyishdi. San’at fidoyilikni talab qilar ekan. Surunkali bronxitni tik oyoqda yurib, davolanmasdan o‘tkazib yuborganim uchun shunday holatga kelib qoldim. Qattiq shamollab qolib, isitmalab turgan kunim xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirda boshlovchlik qilishim kerak edi. O‘rnimga boshqa odam ham topa olmadim. Demak, bu ham bir sinov, san’at ahli hamma narsaga tayyor turishi kerak ekan.

Shuhrat Qayumovning Umida Mirhamidovaga javobi, konsertga tayyorgarlik jarayoni, yo‘tali va fonogrammaga munosabati haqida
- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн