Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bo‘rilarga yem bo‘lgan futbolchi Majnun. Jurnalist Feruz Muhammad rejissor Jahongir Ahmedovning so‘nggi filmi haqida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 803           Дата: 17-03-2016, 18:59          
Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kino saroyida 6-mart kuni rejissor Jahongir Ahmedovning “Majnun” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Rejissori tomonidan xususiy kinosektordagi “eng uzoq vaqt suratga olingan film” deya ta’riflangan, aktyor Ulug‘bek Qodirov uchun esa so‘nggisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan (uni bo‘rilar yeb qo‘yishi mumkin edi) mazkur kartinaning ilk namoyishida jurnalist Feruz Muhammad mehmon bo‘lib, film haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bo‘rilarga yem bo‘lgan futbolchi Majnun. Jurnalist Feruz Muhammad rejissor Jahongir Ahmedovning so‘nggi filmi haqida

Dabdabali premyera

Premyera “‘yetti kun ichida suratga olinayotgan filmlar’dan birining budjeti ketgan bo‘lsa kerak” deb o‘ylab qolarli darajada tashkil etildi. Ochig‘i, namoyishgacha film ijodkorlariga biroz achinib turdim — film shuncha dabdabaga loyiq darajada bo‘lmasa, nazarimda, ular qaytib film ishlamaydigan bo‘lib qoladigandek edi.

Film haqida aniq bir ma’lumot berilmayotgan bir vaqtda, rejissor Jahongir Ahmedov bilan suhbatlashib, ssenariy Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidan olinmaganini bilgandim. Shu sababdan “Majnun” filmidan Qaysning telbaliklarini kutganim yo‘q. Lekin, tan olishim kerak, film haqidagi gap-so‘zlar va uning videoroligi “Majnun”ni ko‘rishga bo‘lgan ishtiyoqimni oshirgan edi.

Film kutganimdek emas, balki…

Iroda ismli jurnalist qiz kalish zavodini tanqid qilgani uchun bosh muharrirning g‘azabiga duchor bo‘ladi. Bosh muharrir uning kursdoshi bo‘lgani sabab, Irodaga yo kalish zavodi rahbarlaridan kechirim so‘rashni, yoki ishdan bo‘shashni taklif qiladi. Qiz ikkinchi taklifga ko‘ngan ko‘yi xonadan chiqib ketadi. Ammo uni ishga qaytarish uchun hayotda kamdan kam bo‘ladigan hodisa yuz beradi — bosh muharrir o‘z xodimining uyiga borib, “Sardor Komilov degan futbolchi haqida maqola tayyorlasang, ham ishga qaytasan, ham maoshingni ko‘taraman”, — deydi. Bir tugun yechilay deganda paydo bo‘lgan boshqa bir tugun tomoshabinni o‘yga soladi.

Topamiz desak kamchiliklar bor. Giyohvand yigitga yordamga kelgan tez yordam giyohvandning onasi (Ra’no Zokirova) va Iroda (Asal Shodiyeva) o‘rtasidagi dialog qachon tugar ekan, deya astagina qilgan xizmati (bu vaqtda har qanday bemor jon berishga ulgurar edi) va hokazo. Ammo bu kamchiliklar film muavaffaqiyati oldida chaqalik ahamiyatga ega emas. Haqiqatan ham film kutganimdek chiqmagan — u kutganimdan ham ziyoda.

Ramzlarga qurilgan film

Syujet tomoshabinni oxirigacha ushlab tura oladigan darajada. Film boshidan oxirigacha ramz, ishoralarga qurilgan. Film boshida Sardor qo‘radan xabar olish uchun ketganida, Asad cho‘pon unga qarab: “Ishqilib, o‘zing ham bo‘rilarga yem bo‘lmasang bo‘lgani”, degani film oxirida xuddi shunday voqea bo‘lishi haqida rejissorning ogohlantirishi edi.

Operatorlik ishiga tasanno

Fimni ko‘rarkanman, qariyb har daqiqa operatorning ishiga qoyil qolib o‘tirdim. Filmda umumiy rang sariq — xazon rangi. Shuning o‘zi ham go‘yoki bu filmda visol yo‘q, azaliy ayriliq bor, uch Majnunning qismati esa bir, deb so‘zlayotganga o‘xshaydi. Irodaning o‘zi bilan poytaxtdan olib kelgan gulini operator har ko‘yga soladi. Bu tuvakdagi gul film boshida qayerga qo‘yilgan bo‘lsa, film so‘ngigacha joyidan qo‘zg‘atilmaydi. Jala quyganda ham, issiqda ham, oy shu’lasida ham tasvirlangan bu gul filmdagi yagona ko‘k o‘simlik edi.

Bo‘rilarga yem bo‘lgan futbolchi Majnun. Jurnalist Feruz Muhammad rejissor Jahongir Ahmedovning so‘nggi filmi haqida

“Grimyorni qayerdan topdingiz, Jahongir Ahmedov?!”

Grimyor shu darajada mahorat bilan ishlaganidan har bir aktyor umuman boshqa qiyofada namoyon bo‘ladi. Filmning fotolavhalari tarqalgan vaqtda Matyoqub Matchonovning rasmlarini ko‘rib, Gollivud aktyori Shon Konneri deb o‘ylaganlar ham bo‘lganini eshitgan edik. Sardor Komilov tog‘dan qaytganida, uning soqoli olinganligi va uzoq vaqt qo‘yilib, so‘ng olinsa, soqolning o‘rni yuzning boshqa qismlaridan ajralib turishi ham grimyorning e’tiboridan chetda qoldirmagan. Bu filmni boshqa rejissorlar ham tomosha qilayotib: “Grimyorni qayerdan topdingiz, Jahongir Ahmedov?!”, degan fikr ichidan o‘tgan bo‘lsa ajab emas.

Aktyorlar o‘z o‘rnida

Aktyorlar tanlovi o‘z o‘rnida bo‘lganligi sababli bir aktyorning o‘rnida boshqa bir aktyorni umuman tasavvur qilib bo‘lmaydi. Deyarli barcha filmda yo bokschi, yo jangovor sport turlaridan biri bilan shug‘ullanuvchi yigitni aks ettiradigan Ulug‘bek Qodirovni bu filmda futbolchi obrazida ko‘rasiz.

“Majnun”da Majnunlar qismati borligini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Asad cho‘pon munosib ko‘rmaganidan yoki boshqa sababdan muhabbatiga erisha olmagan, Qilich cho‘pon uylangan bo‘lishiga qaramay, ko‘ngli hali ham Asad cho‘ponning qizi Asalda. Shu sababdan, har safar mast bo‘lganida, Asalning xunini olish uchun Sardorni o‘ldirishga chog‘lanadi. Muhammadiso Abdulxairov so‘nggi yillarda o‘ynagan eng butun roli ham aynan “Majnun” filmida bo‘lgan. Bungacha u o‘zining “Arosat”, “Quduq” filmlaridagi rollari bilan hayratlarga sabab bo‘lgan edi. Bu filmdagi: “To‘y bo‘ladi, hamma xarajatni men ko‘taraman, men ko‘taraman”, deya hayqirib yig‘lashi majnunlik qismatini oydinlashtiradi.

Bo‘rilarga yem bo‘lgan futbolchi Majnun. Jurnalist Feruz Muhammad rejissor Jahongir Ahmedovning so‘nggi filmi haqida

Ikkinchi Majnun — uch yilda yetti bor sovchi qo‘ysa ham, Irodadan rozilik ololmagan giyohvand bola. Uning ham muhabbatdan tashqari chigal taqdiri bor. Otasini urib yuborgan avtomobil egasi vijdon azobidan qutula olmay, giyohvandning onasini o‘z nikohiga oladi. O‘gay ota rolini Sohib Abbosxon juda yaxshi o‘ynagan. Uning film boshida bir ko‘rinib, nimadir sabab tili qisiq ekanligini ko‘z qarashi va yuz ifodasidan sezsa bo‘ladi. Bu xavotir sababi esa film oxirida bilinadi.

Uchinchi Majnun — Sardor Komilov. Ulug‘bek Qodirovning ijrosi har doimgi ijrolaridan tubdan farq qiladi, u yana bir bor tomoshabinlarni hayratlantira oldi. “U o‘lmagan, lekin tirik ham emas” iborasi Asad cho‘pon tomonidan Sardorni nazarda tutib aytilgan bo‘lsa-da, bu ibora giyohvand bola va Qilich cho‘ponga ham birdek tegishli.

Majnun filmining rejissori Jahongir Ahmedov o‘zining intervyularidan birida Rustam Sa’diyevning “Baron” filmi haqida savolga javob berar ekan: “‘Baron’ yaxshi film emas”, — deya javob qaytaradi. “Unda qanday film?”, — degan navbatdagi savolga: “‘Baron’ — zo‘r film!”, — deya javob beradi. Xuddi shunday — “Majnun” ham yaxshi film emas, zo‘r film.

Premyeraga kelgan tomoshabinlar filmda o‘zlarini hayratga solgan sahnalarni qarsaklar bilan e’tirof qilib borishdi. Bu qarsaklar 14 taga yetganda film nihoyasiga yetgandi. Alisher Navoiy nomli kino saroyida o‘tgan premyerada 1,8 ming kishilik va 450 kishilik zallarni to‘ldirib, shuningdek, yana taxminan 200 nafari tik oyoqda turib ko‘rgan “Majnun” filmi uchun bu qarsaklar o‘z o‘rnida bo‘ldi, deb hisoblayman.

Feruz Muhammad,
“Daryo” uchun maxsus

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн