Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xonanda Sharof Muqimov yangi klipiga Ishanini taklif qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 434           Дата: 17-03-2016, 18:59          
Xonanda va aktyor Sharof Muqimov o‘zining “Kel-kel” deb nomlangan qo‘shig‘i klipini o‘zbekistonliklarga Hindistonning “Senga oshiqman” nomli serialidagi Ishani obraz orqali tanish aktrisa — Radhika Madan ishtirokida ishlamoqchi. Bu haqda xonanda Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirgan.

Xonanda Sharof Muqimov yangi klipiga Ishanini taklif qildi

Qayd etish joiz, “Yoshlar” telekanali orqali efirga uzatilgan “Senga oshiqman” seriali juda mashhur bo‘lib ketgan. Xususan, serial ta’sirida ba’zi ota-onalar o‘z farzandiga Ishani deb ism qo‘ygani haqida ham xabar berilgan edi. Keyinroq, OAV monitoringi markazi “serial g‘oyasi xalqimiz mentalitetiga, milliy an’analar va oilaviy qadriyatlarga zid bo‘lib, uning mazmuni yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir etishi” haqida xulosa bergani ma’lum bo‘lgandi.

Ayni vaqtda, Sharof Muqimovning klipi haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida, jurnalist Feruz Muhammad xonanda bilan bog‘landi.

— Yangi klipingizda rostdan ham “Senga oshiqman” serialida Ishani rolini ijro etgan Radhika Madanni o‘ynatmoqchimisiz?
— Ha, shuni niyat qilganmiz. Klip “Kel-kel” deb nomlangan qo‘shig‘imizga ishlanadi. Klip voqealarining 50 foizi O‘zbekistonda, qolgan qismi esa Hindistonda suratga olinishi rejalashtirilgan. G‘oya muallifi — rejissor Muzaffar Shams.

— Hindistonlik aktrisa klipingizda suratga tushishga rozi bo‘larmikin?
— Hindistonga besh marta borib, u yerdagi hamkorlarimiz bilan yaxshi aloqa o‘rnatganmiz. Bundan tashqari, Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari ham 100 foizlik va’da bergan. Hozirda shu masalani ijobiy hal qilish ustida ishlayapmiz.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн