Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Marhum xonanda Shahnozabonu onasiga bag‘ishlangan oxirgi qo‘shig‘ini muxlislariga taqdim etishga ulgurmagani ma’lum bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 146           Дата: 17-03-2016, 12:04          
14-mart kuni olamdan o‘tgan xonanda Shahnozabonu onasiga atab kuylagan oxirgi qo‘shig‘ini muxlislariga taqdim etishga ulgurmadi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Marhum xonanda Shahnozabonu onasiga bag‘ishlangan oxirgi qo‘shig‘ini muxlislariga taqdim etishga ulgurmagani ma’lum bo‘ldi

Yosh ijodkor Bekpo‘lat Baxtiyor saytga murojaat qilib, bundan roppa-rosa bir yil avval yozgan she’rini Shahnozabonu kuylab chiqqani va qo‘shiqni radio, televideniye orqali muxlislarga taqdim etishga ulgurmaganini aytgan.

“‘Mehringizdan aylanay’ nomli she’riy to‘plamimdan o‘rin olgan ‘Mehringizdan aylanay’ nomli she’rim Shahnoza opaga juda yoqib qolib, qo‘shiq qildilar. ‘Musiqasini o‘zim bastaladim, bu qo‘shiq uchun ko‘plardan yaxshi fikrlar eshityapman, nasib qilsa klip olaman’, — degandilar. Afsus, Shahnoza opa tiriklik chog‘ida bu qo‘shiqni ommaga taqdim etishga ulgurmadi. Qo‘shiqni ulardan qolgan eng so‘nggi yodgorlik sifatida muxlislariga taqdim etishni o‘z vazifam deb bildim”, — deb yozadi shoir.

Onajonim, jonajon o‘zingizdan aylanay,
Bolam deb erkalagan so‘zingizdan aylanay.
Xato qilsam hamisha to‘g‘ri yo‘lga solarsiz,
Ortingizdan borarman izingizdan aylanay.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Новости партнеров

Календарь новостей

«    Март 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031