Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Sizni juda ham hurmat qilardik va yaxshi ko‘rardik”. O‘zbek shou-biznesi Shahnozabonuning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 2 492           Дата: 15-03-2016, 21:55          
14-mart, dushanba kuni xonanda Shahnozabonuning vafot etgani ma’lum bo‘ldi. 2000-yillarning boshida “Qizalog‘im”, “Do‘st”, “Qizg‘onaman” kabi xit-qo‘shiqlari bilan tanilgan xonanda, ma’lum bo‘lishicha, bir muddat avval juda og‘ir operatsiyani boshdan o‘tkazgan, so‘nggi kunlarda esa ob-havoning keskin o‘zgarishini ko‘tara olmagan.

“Sizni juda ham hurmat qilardik va yaxshi ko‘rardik”. O‘zbek shou-biznesi Shahnozabonuning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qildi

Xonandaning eng mashhur qo‘shig‘i — “Qizalog‘im”ning muallifi hisoblangan aktrisa Ra’no Yarasheva avvalroq Shahnozabonu haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashib, u “yashashni yaxshi ko‘rgani” haqida so‘zlagan edi.

Shahnozabonu endigina 42 yoshga to‘lgan edi. O‘zbekiston shou-biznes vakillari o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lgan xonandaning vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘uda ekanligini ma’lum qildi.

Xonanda Nilufar Usmonova

“Birma-bir to‘kilishni boshladik”.

Xonanda va aktyor Sharof Muqimov

“Sizni juda ham hurmat qilardik va yaxshi ko‘rardik”. O‘zbek shou-biznesi Shahnozabonuning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qildi

“Shahnozabonuning vafot etganliklari haqidagi xabar ruhimizni tushirib qo‘ydi. Alloh joylarini jannatdan qilgan bo‘lsin!”.

Xonanda Muzaffar Mirzarahimov

“Sizni juda ham hurmat qilardik va yaxshi ko‘rardik”. O‘zbek shou-biznesi Shahnozabonuning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qildi

“Juda ham yaxshi inson edilar. Ilohim, joylari jannatdan bo‘lsin”.

Xonanda Kaniza

“Ming afsus! Yosh edilar. Ilohim joylari jannatdan bo‘lib, Allohim oxiratlarini obod qilsin! Oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildiraman”.

Xonanda Doston Ubaydullayev

“Yaxshi inson edi, Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin”.

Shoir Ahad Qayum

“Shahnozabonu degan ism har doim dillarda qoladi! Sizni juda ham hurmat qilardik va yaxshi ko‘rardik”.

Xonanda Munisa Rizayeva

“Ishongim kelmayapti. Qadrdon opam! Juda ham hurmat qilardim, juda yaxshi ko‘rardim. Siz doim bizning qalbimizdasiz!”.

Xonanda Anvar Sobirov

“Sizni juda ham hurmat qilardik va yaxshi ko‘rardik”. O‘zbek shou-biznesi Shahnozabonuning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qildi

“E, dunyo, nima uchun bunchalar beshafqatsan! Axloqi bilan, odobi bilan o‘nlab qizlar ichida ajralib turar edi, juda oliyjanob ayol edi. San’ati, iqtidori va jozibali ovozi bor shunday hamkasbimiz — Shahnozabonu bugun oramizda yo‘q. Qani endi bu navbatdagi bir mish-mishga aylanib qolsa! Biz, barcha san’atkorlar, nafaqat san’atkorlar, balki san’atsevar xalqimiz bu ajoyib ijodkorning haqiga doim duo qiladi, degan umiddamiz”.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн