Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sony qo‘shma kompaniyadagi Maykl Jeksonning ulushini 750 mln dollarga sotib oladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 225           Дата: 15-03-2016, 21:55          
Yaponiyaning Sony korporatsiyasi qo‘shiqchi Maykl Jeksonning vorislari bilan dunyodagi eng yirik musiqiy nashriyot Sony/ATV Music Publishing’dagi 50 foiz ulushini 750 million dollarga sotib olish to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.

Sony qo‘shma kompaniyadagi Maykl Jeksonning ulushini 750 mln dollarga sotib oladi

Shu tariqa, Sony minglab musiqiy kompozitsiya, jumladan, The Beatles guruhining qo‘shiqlari huquqiga egalik qiluvchi nashriyotning yagona sohibiga aylanadi.

Dastlab musiqiy katalog 1985-yilda Maykl Jekson tomonidan xarid qilingan edi. O‘n yildan so‘ng u Sony bilan katalogni korporatsiyaning nashriyot biznesi bilan qo‘shish haqida kelishgan edi. Natijada Sony/ATV Music Publishing kompaniyasi tashkil topgan edi.

Shartnoma Maykl Jekson uchun juda foydali bo‘lgan. U katalog uchun 1985-yilda 47,5 million dollar to‘lagan bo‘lsa, uni yangi kompaniya boshqaruviga 115 million dollarga topshirgan. Qolaversa, yangi kompaniya ulushining 50 foizi unga tegishli ekanligi belgilangan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031