Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Shahnozabonu yashashni yaxshi ko‘rardi”. Xonandaning “Qizalog‘im” qo‘shig‘i muallifi — aktrisa Ra’no Yarashevaning xotiralari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 2 623           Дата: 15-03-2016, 18:05          
Xonanda Shahnozabonu 14-mart, dushanba kuni vafot etdi. U 42 yoshda edi. Bu xabar, “Qalampir.uz”ning yozishicha, “shou-biznesning barcha vakillarini, xonandani tanigan-bilganlarni esankiratib qo‘ydi”.

“Shahnozabonu yashashni yaxshi ko‘rardi”. Xonandaning “Qizalog‘im” qo‘shig‘i muallifi — aktrisa Ra’no Yarashevaning xotiralari

Taniqli aktrisa Ra’no Yarasheva xonanda Shahnozabonuning eng yaqin insonlaridan biri edi — uning Nargiza ismli singlisi Ra’no Yarashevaning o‘g‘li Komil Yarashevga turmushga chiqqan. “Qalampir.uz” Ra’no Yarashevaning Shahnozabonu bilan bog‘liq eng yorqin xotiralarini e’lon qildi.

Ra’no Yarasheva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:

— Shahnozabonu qalbimizni parchalab, ko‘zimizni yoshga to‘ldirib ketdi. U bilan 1997-yilda tanishganmiz. O‘shanda Shahnoza Yulduz Usmonovaning qo‘shiqlarini maromiga yetkazib kuylab chiqqandi. Biror yerga borsam, mashinadan tushmay, uning qo‘shiqlarini eshitib o‘tiraverardim. Bir kuni tug‘ilgan kunimga qo‘lida sovg‘a-salom bilan bir qiz kirib keldi. “Men Shahnozabonuman”, — deb o‘zini tanishtirdi. O‘shandan buyon qalin opa-singillarga aylandik. Keyin “Qizalog‘im” nomli she’rimni qo‘shiq qilib kuylab chiqdi. Mana, necha yillarkim bu qo‘shiq odamlar tilidan tushmay kelyapti.

Bir kuni: “Shahnoza, o‘g‘limni uylantirmoqchiman, yaxshi qizlar bo‘lsa, tavsiya qiling”, — dedim. Amakilarining qizi borligini aytdi. “Yo‘q, san’atkorlar oilasidan bo‘lsa, yaxshi bo‘lardi. Singlingiz-chi?”, — desam: “Singlim soddaroq, sizga ma’qul bo‘larmikin”, — dedi. Taqdir ekan, o‘g‘limga Shahnozabonuning singlisini kelin qildik. Shahnoza ota-onasiga tirgak bo‘lib, singlisini hech kimdan kam qilmay uzatdi. U juda jigarjon, mehribon, borini yaqinlariga, opa-singillariga ulashadigan, o‘zida bor narsani boshqalarda ham bo‘lishini niyat qiladigan ayol edi.

Shahnozabonu hamma ta’riflayotganidek mard ayol edi. U o‘limni ham mardonavor qabul qildi. Umurtqa bo‘yin sohasidagi jarrohlik operatsiyasiga boshqalar bilan maslahatlashib, oxirini o‘ylab o‘tirmay rozi bo‘ldi. Xususiy klinikida operatsiya o‘tkazildi, ahvoli yomon emasdi. Yaratganning irodasi shu ekan…

Shahnoza onasining o‘limidan keyin ancha so‘lib qoldi, ko‘p vaqtgacha o‘ziga kelolmadi. Yaqin kishingni yo‘qotishdan-da og‘ir dard yo‘q aslida jahonda. Shahnoza bunday yo‘qotishlarning ko‘piga bardosh berdi, biroq onasining vafotiga emas… Ortidan bo‘zlab qolgan qizi Umidani o‘ylasam… U yakkayu yagona qizini yeru-ko‘kka ishonmasdi.

Shahnozabonu yashashni yaxshi ko‘rardi. Uning boshidan ko‘p qiyinchiliklar o‘tgan, og‘ir kunlarni ayol boshi bilan yenga olgan. Biroq hech qachon birovga ichidagi dardini, muammolarini aytmas edi, hayotdan zavqlanib yashaydiganlardan edi. Shuncha yil quda-andachilik qilgan bo‘lsak, siz degan gapimiz senga bormagan. Bu ham bo‘lsa, Shahnozabuning odamgarchiligi va salom-alikni o‘rniga qo‘yishidan dalolat.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн