Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xonanda Shuhrat Qayumov: Bu oxirgi konsertim bo‘lishi mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 685           Дата: 10-03-2016, 18:04          
Bir muddat avval: “Xonanda Shuhrat Qayumov konsertga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida salomatligi yomonlashib, kasalxonaga tushib qoldi”, mazmunidagi gap-so‘zlar tarqalgan edi. 22—23 mart kunlari “Istiqlol” san’at saroyida jonli konsert berishni rejalashtirgan Shuhrat Qayumov “salomatligi ko‘tarmagani bois” konsertni fonogrammada o‘tkazadi, degan gaplar nechog‘lik to‘g‘riligini bilish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad xonandaning o‘zi bilan bog‘landi.

Xonanda Shuhrat Qayumov: Bu oxirgi konsertim bo‘lishi mumkin

— Sizni shifoxonada davolanayapti, deb eshitgan edik. Ayni paytda shifoxonadan chiqib, konsertga tayyorgarlikni boshlab yubordingizmi?
— Hozir shifoxonadan chiqqanman. Har kuni tinimsiz mehnat qilyapman. Fonogramma bo‘lganida qanday qulay edi. Repetitsiya ham bo‘lmasdi, diskni qo‘yib, so‘zlarni ham yodmasdan yuraverardik. Jonli konsert dasturi bo‘lganidan keyin, muxlislar ishonchini oqlash uchun tinimsiz mehnat qilyapmiz.

— Ijodiy jamoangiz necha kishidan iborat?
— Jamoamizda 12 sozanda, 26 raqqosa tinim bilmasdan ijod qilmoqda. Tayyorgarlik jarayoni bir oy oldindan boshlangan edi. Tayyorgarlikning boshida kuchli shamollash bilan shifoxonaga tushib qoldim. Hozir ham ahvolim unchalik yaxshi emas. Nima bo‘lganda ham, emaklab bo‘lsa-da, konsertga tayyorgarlikni to‘xtatmayapman.

— Salomatligi yomonlashgani tufayli Shuhrat Qayumov konsertni fonogrammada o‘tkazadi, degan gaplar tarqaldi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?
— To‘g‘risi, fonogramma qilishning iloji yo‘q, chunki konsertda kuylaydigan qo‘shiqlarimning fonogramma varianti yo‘q. Hozir tayyorgarlik ko‘rilmoqda, ammo hali ham yo‘talim qolmagan, shamollashdan to‘la tuzalmaganman. Bu oxirgi konsert dasturim bo‘lishi mumkin edi. Ijodiy jamoamiz a’zolari: “Bu haqda aytmay turing”, degani sababli ham shu vaqtgacha jim edim. Yana konsert beramanmi-yo‘qmi, hali noma’lum. Ammo so‘nggi konsertimni fonogramma bilan o‘tkazib, sahnadan ketmoqchi emasman. Agar bu konsert dasturini fonogrammada o‘tkazadigan bo‘lsak, raqqosalar ham raqs tusha olmaydi. Sababi konsert repertuarining asosiy qismi yangi ijod na’munalarimdan tuzilgan. Konsertni fonogrammada o‘tkaza qolaylik, degan takliflar bo‘lgani uchun shunday gaplar tarqalgan bo‘lsa kerak. Konsertni jonli berishga so‘nggi nafasimgacha, astoydil harakat qilaman.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031