Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Oskar—2016”: g‘oliblar ro‘yxati

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 757           Дата: 29-02-2016, 21:00          
Toshkent vaqti bilan 29-fevral kuni Los-Anjelesning “Dolbi” kinoteatrida “Oskar” kinomukofotining topshirilishiga bag‘ishlangan 88-tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

“Oskar—2016”: g‘oliblar ro‘yxati

Kutilganidek, Leonardo Di Kaprio birinchi marta eng yaxshi aktyor deb topilib, “Oskar” haykalchasi sohibiga aylandi. “Xona”dagi obrazi uchun Bri Larson eng yaxshi aktrisa deb tan olindi.

Eng ko‘p sovringa “Telba Maks” filmi ega bo‘ldi, lekin u asosan texnik nominatsiyalar bo‘yicha g‘alaba qozondi.

Eng yaxshi rejissura uchun “Oskar” olgan Alexandro Gonsales Inyarritu ketma-ket ikkinchi yil bunday sharafga sazovor bo‘ldi. U bilan ikkinchi yil hamkorlik qilayotgan Emmanuel Lyubetski esa ketma-ket uchinchi marta haykalchani qo‘lga kiritgan birinchi operatorga aylandi.

“Diqqat markazida” kartinasi yilning eng yaxshi filmi deb topildi (eng yaxshi original ssenariy uchun atalgan sovrin ham shu filmga ketdi).

TJournal 88-taqdimotda “Oskar”ni qo‘lga kiritgan g‘oliblar ro‘yxatini keltirdi.

Eng yaxshi rejissor



Alexandro Gonsales Inyarritu (“Omon qolgan”)

Eng yaxshi film



“Diqqat markazida”

Eng yaxshi aktyor



Leonardo Di Kaprio (“Omon qolgan”)

Eng yaxshi aktrisa



Bri Larson (“Xona”)

Ikkinchi darajali eng yaxshi ayol roli



Alisiya Vikander (“Daniyalik qiz”)

Ikkinchi darajali eng yaxshi erkak roli



Mark Raylens (“Ayg‘oqchi ko‘prigi”)

Eng yaxshi original ssenariy



“Diqqat markazida”

Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy



“Tushirish o‘yini”

Eng yaxshi animatsion film



“Boshqotirma”

Eng yaxshi hujjatli film



“Emi”

Eng yaxshi liboslar



“Telba Maks: G‘azab yo‘li”

Eng yaxshi dekoratsiya



“Telba Maks: G‘azab yo‘li”

Eng yaxshi grim



“Telba Maks: G‘azab yo‘li”

Eng yaxshi montaj



“Telba Maks: G‘azab yo‘li”

Eng yaxshi ovoz montaji



“Telba Maks: G‘azab yo‘li”

Eng yaxshi ovoz



“Telba Maks: G‘azab yo‘li”

Eng yaxshi operator



Emmanuel Lyubetski (“Omon qolgan”)

Eng yaxshi vizual effektlar



“Mashinadan”

Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film



“Ayiq hikoyasi”

Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film



“Daryodagi qiz: kechirim to‘lovi”

Eng yaxshi qisqa metrajli film



“Duduq”

Chet tilidagi eng yaxshi film



“Saul o‘g‘li”

Eng yaxshi qo‘shiq



Sem Smit, Writing’s on the Wall (“Spektr”)

Eng yaxshi original saundtrek



Ennio Morrikone (“Jirkanch sakkizlik”)



Oskar—2016 taqdimoti



- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн