Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Men ham ayolman, menda ham ko‘ngil bor”. Dilnoza Kubayeva Instagram’dagi “sahifalari” va aldoqchi jurnalistlar haqida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 065           Дата: 27-02-2016, 11:25          
Taniqli aktrisa Dilnoza Kubayeva nomidan Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bir necha sahifa yuritiladi, ularni minglab foydalanuvchilar kuzatib boradi. Masalan, @dilnoza.kubayeva akkauntini 3 mingga yaqin foydalanuvchi, @kubayevadilnoza sahifasini 3,5 mingdan ziyod muxlis kuzatib boradi.

“Men ham ayolman, menda ham ko‘ngil bor”. Dilnoza Kubayeva Instagram’dagi “sahifalari” va aldoqchi jurnalistlar haqida

Jurnalist Feruz Muhammad Instagram’dagi Dilnoza Kubayeva nomidan yuritilayotgan akkauntlardan qay biri aynan aktrisaga tegishli ekanini bilish maqsadida u bilan suhbat uyushtirib, nima uchun kinoda kamnamo bo‘lib qolgani va o‘zini jurnalistlardan olib qochishi sabablari haqidagi savollarga ham javob oldi.

— Bilishimcha, Instagram’da umuman yo‘qsiz, ammo u yerda juda ko‘p “Dilnoza Kubayeva”lar paydo bo‘lgan. Ular nomingizdan gapirib, suratlaringizni qo‘yib boradi. Bunga qanday munosabatdasiz?
— Haqiqatan ham Instagram’da yo‘qman. Siz aytgan sahifalar yuzasidan yaqinlarim, hamkasblarim ham telefon qilib, “Instagram’dagi rostdan senmisan?”, — deb so‘ragandi. Men emasligimni aytganimdan so‘ng, bu sahifalar mening nomimdan har xil gaplarni gapirayotganini bildirishganida, juda xafa bo‘lganman. Barcha aziz muxlislarimdan u soxta akkauntlarga ishonmasliklarini so‘rab qolaman.

— O‘zi qaysi ijtimoiy tarmoqdan muntazam foydalanasiz?
— Men umuman hech qaysi ijtimoiy tarmoqdan foydalanmayman, bundan vaqtimni qizg‘anaman. O‘zini ko‘z-ko‘z qilishlar, yozilgan izoh va fikrlardagi xatoliklar, bema’ni videolar… O‘zbek yoshlariga bunday narsalar umuman yarashmaydi. Vaqtni arzirli ishlar uchun sarflash kerak, deb o‘ylayman. Bu qulaylikdan foydali maqsadlar yo‘lida ham foydalansa bo‘ladi.

— Bugungi kunda filmlarda deyarli ko‘rinmay qolganingiz gonoraringiz qimmat ekanligidanmi?
— Umuman unday emas. Yaxshi ssenariylar yo‘qligi sabab takliflarni rad etyapman.

— Ijodkorlar orasida “kuchli aktyor, aktrisa ssenariy yomon bo‘lsa ham, rolini baribir yaxshi o‘ynay oladi”, degan fikrlar yuradi.
— Bo‘lmagan gap. Agar qog‘ozda biror yuk bo‘lmasa, ming chirangan bilan hech narsa chiqarib bo‘lmaydi. Donolar: “Ssenariy, ssenariy va yana bir bor ssenariy!”, deb ketgani bor gap-ku. Filmda o‘zak, asos, material bo‘lmasa, qancha improvizatsiya qilib, yukni o‘z gardaningga olganing bilan, film bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoladi. Hali hanuz yaxshi ssenariyni kutyapman. Alohida ta’kidlashni istardim — yaxshi ssenariy bo‘lsa, filmning mablag‘i men uchun ahamiyatli emas.

— Nega doim jurnalistlardan qochib yurasiz?
— Buning sabablari ko‘p, jurnalistlar tomonidan bir necha bor aldanganman. Gazetaga chiqarish mumkin bo‘lmagan gaplarni ham chiqarishadi. Bir xil savollar qayta-qayta berilaveradi. Ular men haqimda bo‘layotgan gap-so‘zlarni mish-mish, uydirma ekanligini bilib turib, yana shu mavzularni ko‘tarishadi. “Bu ayol ekan, unda ham ko‘ngil bor, u haqida noo‘rin so‘z bo‘lsa, oila a’zolariga ham og‘ir botadi”, deb o‘ylamaydigan jurnalislar ham bor. Bo‘lar-bo‘lmas, xunuk mish-mishni so‘rash, uni ko‘pchilikning e’tiboriga havola qilish mentalitetimizga ham to‘g‘ri kelmaydi-ku, axir. Men hurmat qiladigan jurnalistlar ham ko‘p, ammo o‘z hurmatini bilmaydiganlari ham yetarli. Shu sabab ulardan qochib yurishga majburman.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031