Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi eng qimmat konsert dasturlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 632           Дата: 27-02-2016, 11:25          
2016-yilgi konsertlar mavsumi boshlanganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Hozirgacha Gulsanam Mamazoitova, opa-singil Asalxo‘jayevalarning konsertlari o‘tib bo‘ldi, Rayhonning konserti davom etmoqda. Maygacha davom etadigan konsertlar mavsumining eng ko‘p kunlik dasturlari reytingi avvalroq e’lon qilingan edi.

Aksariyat konsertlar “Istiqlol” san’at saroyida tashkil etiladi. Jurnalist Feruz Muhammad mazkur saroyda bo‘lib, chiptalarning “Istiqlol” kassasidagi narxlari asosida eng qimmat konsertlar reytingini tayyorladi.

8—11-o‘rinlar. “Handalak” qiziqchilari; Shuhrat Qayumov; G‘ulomjon Yoqubov; “Mirzo” teatri

“Istiqlol” san’at saroyida 28—29-fevral kunlari “Handalak” guruhi qiziqchilarining, 1—2-mart kunlari O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubovning, 22—23-mart kunlari xonanda Shuhrat Qayumovning, 30-mart — 3-aprel kunlari esa “Mirzo” teatrining konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur konsertlarning eng arzon chiptasi 10 ming so‘mdan boshlanadi, eng qimmati esa 70 ming so‘m.

7-o‘rin. Dildora Niyozova

Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi eng qimmat konsert dasturlari

Xonandaning 25—27-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan konsert dasturlariga kirish chiptalari narxi 10 ming so‘mdan 80 ming so‘mgacha farqlanadi.

5—6-o‘rin. Zulayho Boyxonova; Ravshan Komilov

Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi eng qimmat konsert dasturlari

7—8-mart kunlari Zulayho Boyxonovaning, 9—10-mart kunlari esa Ravshan Komilovning yakkaxon konsert dasturi bo‘ladi. Kirish chiptalarining narxi 15 ming so‘mdan boshlanib, 100 ming so‘mgacha ko‘tariladi.

4-o‘rin. Ozodbek Nazarbekov

Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi eng qimmat konsert dasturlari

10—20-aprel kunlari “Istiqlol” san’at saroyida Ozodbek Nazarbekovning “Mehring sabab” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Kassada eng arzon chipta — 15 ming so‘m. Eng qimmati — 140 ming so‘m.

3-o‘rin. “Aziz va muqaddasan ayol”

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladigan “Aziz va muqaddassan ayol” konsert dasturi bu yil 2016 yil 3—5-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Chiptalar 15 ming so‘mdan 150 ming so‘mgacha narxda.

2-o‘rin. Rayhon

Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi eng qimmat konsert dasturlari

23-fevral kuni Rayhonning yakkaxon konsert dasturi boshlandi. 27-fevralgacha davom etadigan shouning kirish chiptalari 30 ming so‘mdan 180 ming so‘mgacha narxlarda sotildi.

1-o‘rin. Shahzoda

Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi eng qimmat konsert dasturlari

Shahzodaning 1—7-may kunlari bo‘lib o‘tadigan konsert dasturi uchun eng arzon chipta narxi 15 ming so‘m, eng qimmati esa 200 ming so‘m. Bu qolgan konsert dasturlari orasida ham eng qimmat narxdir.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн