Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Oskar” robotlar nigohida: mashinalar g‘oliblarni qanday bashorat qiladi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 316           Дата: 26-02-2016, 02:40          
Kompyuterlar “Oskar” g‘oliblarini odamlardan ko‘ra aniqroq tarzda bashorat qiladi, deb yozadi Meduza.

“Oskar” robotlar nigohida: mashinalar g‘oliblarni qanday bashorat qiladi?

Foydalanuvchilar xatti-harakatlarini tahlil qilish bilan shug‘ullanadigan Farsite kompaniyasi ketma-ket ikki yildan buyon “Oskar”ning asosiy nominatsiyalari bo‘yicha olti nafar g‘olibning barchasini to‘g‘ri bashorat qilmoqda.

2015-yilda ushbu Farsite modelidan farqli ravishda, Entertainment Weekly, Indiewire kabi taniqli nashrlar qaysi kartina yilning bosh filmiga aylanishini to‘g‘ri topa olmadi.

Data-jurnalistikaga ixtisoslashgan FiveThirtyEight manbasining shu nomli modeli esa o‘nta nominatsiya bo‘yicha o‘z prognozlarini ma’lum qilgan va ularning faqat bittasida adashgan edi.

Umuman olganda, 2015-yilda kompyuterlar bilan The Los Angeles Times gazetasigina bahslasha oldi, u o‘ntadan bittasida yanglishdi.

Nima uchun robotlar kinotanqidchilardan aqlliroq chiqdi? Tanqidchilar o‘z hissiyotlariga, kompyuterlar esa faqat ma’lumotlarga tayanadi. Turli modellarning yondashuvi turlicha, ammo umuman olganda, “Oskar”dagi g‘alaba va nominatsiyalar tarixi, bukmekerlar qaysi filmlarga pul tikishi, tavsiyaviy saytlardagi reytinglar, boshqa mukofotlar bo‘yicha g‘alabalar tarixi hisobga olinadi.

2016-yilda esa Google News’da filmlar nomining tilga olinishi, taqrizlar tahlili va Twitter’ga tayanadigan algoritm “Omon qolgan” filmi g‘olib bo‘lishini bashorat qilmoqda. Reyting va to‘plangan mablag‘larga asoslangan algoritm hisob-kitoblariga ko‘ra, “Bruklin” filmi g‘alaba qozonadi. FiveThirtyEight’ning asosan boshqa mukofotlar natijalariga tayanadigan algoritmi ham “Omon qolgan” g‘olib bo‘lishini bashorat qilmoqda.

Shuningdek, FiveThirtyEight, Farsite va PredictWise jamoalarining barchasi eng yaxshi aktyor nominatsiyasida Leonardo Di Kaprio g‘olib chiqishini prognoz qildi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн