Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonlik estrada ijodkorlari maxsus malaka oshirish o‘quv kurslarida tahsil olmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 458           Дата: 23-02-2016, 12:00          
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2016-yil davomida estrada ijodkorlari maxsus malaka oshirish o‘quv kurslarida tahsil olmoqda, deb yozadi “O‘zbeknavo” matbuot xizmati.

O‘zbekistonlik estrada ijodkorlari maxsus malaka oshirish o‘quv kurslarida tahsil olmoqda

22-fevral kuni ushbu o‘quv kursining ilk kirish darsi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti rektori, professor B.Sayfullayev, Madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Bosh direktori F. Jo‘rayev, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori O. Hasanov va boshqa institut professor-o‘qituvchilari qatnashdi.

Darsda malaka oshirish kursining dolzarbligi, huquqiy asoslari, sahna madaniyati, institut tartib-qoidalari yuzasidan tushuncha berildi. Shuningdek, yosh estrada xonandalariga ushbu o‘quv dargohidan o‘zlariga kelajakda hamkorlik qiladigan ustoz tanlash takliflari bildirildi.

O‘quv kursidan ko‘zlangan maqsad estrada ijodkorlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning erkin ijod qilishiga ko‘maklashish, hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda mutaxassislar yordamida ijodkorlar uchun zaruriy bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar olishiga sharoit yaratish, jamiyat taraqqiyotida san’atkor ijodining ahamiyatini yanada kuchaytirish, ularni o‘z ijodlari orqali yoshlar tarbiyasi, ommaga vatanparvarlik ruhini singdirish, tinchlikni saqlash, Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilish, tahdidlardan ogohlikka chaqirish kabi yo‘nalishlarda xizmat qilishga undashdan iborat.

Ushbu o‘quv kurslarida mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, axborot xavfsizligi, nutq va sahna madaniyati, vokal san’ati, sahna harakati fanlari o‘quv dasturiga kiritilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн