Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ozoda Saidzoda: Menga bir yil qo‘shiq aytishni taqiqlab qo‘yishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 550           Дата: 23-02-2016, 12:00          
Xonanda Ozoda Saidzodaning yangi imidji shou-biznes vakillari, muxlislar va jurnalistlar uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Uning taxallusi va imidji o‘zgarishi sabablarini bilish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad xonanda bilan bog‘landi.

Ozoda Saidzoda: Menga bir yil qo‘shiq aytishni taqiqlab qo‘yishdi

— Nima uchun Nursaidova familyangizni Saidzoda taxallusiga o‘zgartirdingiz?
— Bolaligimdan bobomning nomini o‘zimga olishni niyat qilib yurardim, shu sababli ham familyamni bobomning ismi — Saidzoda taxallusiga o‘zgartirdim. Yana bir maqsad — milliylik ruhini olib kirish uchun ham shunday qilindi.

— Imidjingizni o‘zgartirganingiz ham ijtimoiy tarmoqlarda ancha muhokama bo‘ldi. Ba’zi bir muxlislarni “bizga avvalgi Ozodani qaytarib bering”, degan fikrlarini ham o‘qidik. Imidjingizni bu darajada o‘zgartirishingizga nima sabab bo‘ldi?
— To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, imidjimning o‘zgarishi sababi salomatligim bilan bog‘liq. Bu odamlar aytib yurgan darajada, “Ozoda og’ir kasal ekan”, degan mish­-mishlar darajasidagi kasallikdan emas. Jarrohlikdan so‘ng soch to‘kilish holatlari bo‘lib turar ekan. Sochim rangining o‘zgarishi aynan imidj uchun qilinmagan. Holatdan kelib chiqib, vaziyatga to‘g‘ri yondashib shunday imidj o‘yladik. Bu odamlarni o‘zimga qaratish yoki shunga o‘xshash fikrlardan kelib chiqib qilingan ish emas. San’atkor muxlislarning e’tibori markazida yuradi. Shu sababdan, o‘ta zamonaviylik ham yoki zamondan orqada qolish ham yarashmaydi. Milliyligimiz, o‘zbekchiligimizdan kelib chiqqan holda ish tutish maqsadga muvofiqdir.

Ozoda Saidzoda: Menga bir yil qo‘shiq aytishni taqiqlab qo‘yishdi

— Ijodingizda nima yangiliklar bor?
— O‘tgan yil “E’tirof et” deb nomlangan, hali tugatilmagan albomimning qoralama varianti tarqab ketdi. Salomatligim bilan bog‘liq muammolar sababli bu albomni tugatish bir yilga kechikdi — o‘sha paytda shifokorlar menga bir yil davomida qo‘shiq aytishni taqiqlab qo‘ygandi. Hozir “E’tirof et” deb nomlangan albomimni yozib tugatish arafasidamiz.

— Shifokorlar taqiqining sababi nima?
— Mendagi kasallik professional operachilarda uchraydi. Ya’ni, jonli qo‘shiq kuylaganda ortiqcha zo‘riqish, bor imkoniyatni ishga solish kerak bo‘ladi, buni o‘sha vaqtda sog‘ligim ko‘tarmas edi. Shu sababdan shifokorlar qo‘shiq aytishimni taqiqlab qo‘yishgan edi. Hozir hammasi yaxshi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031