Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ozodbek Nazarbekovdan Shahzodagacha: mashhurlarning Instagram’dagi soxta akkauntlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 901           Дата: 16-02-2016, 11:14          
Ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa, Instagram shou-biznesning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Unda estrada xonandasi yoki taniqli aktyor o‘z hayoti, ijodi haqida axborot berish bilan birga, muxlislari bilan bevosita muloqot uyushtirish imkoniga ega.

Ozodbek Nazarbekovdan Shahzodagacha: mashhurlarning Instagram’dagi soxta akkauntlari

Biroq, mashhurlar nomidan soxta sahifa ochib, minglab kishilik auditoriyalarni to‘plab, sodda foydalanuvchilarning ishonuvchanligidan foydalanib, mashhur kishilar haqida turli mish-mishlarni tarqatayotganlar ham yo‘q emas.

Xonanda Shahzoda

Shahzoda Instagram’da eng faol o‘zbekistonlik xonandalardan biri, uning sahifasi — @shahzodasinger’ga 563 mingdan ortiq foydalanuvchi obuna bo‘lgan. Shunga qaramay, xonanda nomidan ochilgan bir qancha soxta akkauntlar ham bo‘lib har biriga minglab o‘quvchi obuna bo‘lgan.

Ozodbek Nazarbekovdan Shahzodagacha: mashhurlarning Instagram’dagi soxta akkauntlari

Shahzodaning ma’muri Davron Muqimovning aytishicha, “birovning nomini sotish — juda xunuk ish”, xonandaning o‘zi bunday soxta akkauntlarga “juda qarshi”.

“Shahzoda Instagram’da anchadan beri o‘z sahifasini yuritib keladi. Soxta va haqiqiy Shahzoda kimligini hamma biladi. Ammo, nima bo‘lganda ham, bu ish bizga ma’qul emas. Iloji bo‘lsa, shunday soxtalikka chek qo‘yilishini istardik”, — dedi Davron Muqimov.

Aktrisa Shahlo Temirova

“E’tirof—2015” taqdimotida “Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi” deb topilgan Shahlo Temirova nomidan Instagram’da ochilgan sahifani ko‘rib, uni aktrisaning o‘zi yuritayapti, degan tasavvur uyg‘onadi. Akkaunt soxta bo‘lgani holda, boshqa bir aktrisa — Diana Yagaforaning Instagram’da soxta sahifalaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirishini ko‘rib, hayron qolasan kishi.

Ozodbek Nazarbekovdan Shahzodagacha: mashhurlarning Instagram’dagi soxta akkauntlari

Soxta @shahlotemirova akkauntini hozirda 3 mingdan ortiq foydalanuvchi kuzatib bormoqda, Shahlo Temirovaning o‘zi esa bu soxta profilni o‘chirib berishni iltimos qilmoqda: “Instagram’da umuman profil ochmaganman, bu haqda o‘ylab ham ko‘rmaganman”.

Aktrisa Shahzoda Muhamedova

Shahzoda Muhammedova ham o‘zining soxta variantlari bilan kurashib, toqati toq bo‘lganlardan. Instagramda bu aktrisa nomidan kamida 5-6 ta soxta akkaunt ochilgan (haqiqiysi — @shaxzoda__muxammedova). Uning aytishicha, bir safar shunday soxta akkauntlardan biri: “Nega mening nomimdan profil ochib olding?”, — deya Shahzoda Muhamedova bilan tortishgan.

Ozodbek Nazarbekovdan Shahzodagacha: mashhurlarning Instagram’dagi soxta akkauntlari

“Bugun biror rasm qo‘ysam, darrov o‘z profillariga ko‘chirib oladi. Keyin nafaqat muxlislar, balki do‘stlarim ham haqiqiy Shahzoda Muhammedova kim ekanligini bilmay qolyapti”, — dedi aktrisa.

Shahzoda Muhamedovaning fikricha, uning nomidan soxta profil ochganlarning maqsadi “yigitlar bilan tanishish yoki orqamdan yomon ishlar qilish emas, balki san’atkor do‘stlarim yoki boshqa san’atkorlar bilan muloqot qilib o‘tirish”.

Xonanda Ozodbek Nazarbekov

Instagram’dagi @ozodbek_nazarbekov sahifasini 43 ming, @ozodbeknazarbekov sahifasini esa 10 ming foydalanuvchi kuzatib boradi, biroq ularning hech biri Ozodbek Nazarbekovga bog‘liq emas. “Ozodbek Nazarbekov Instagram’ga umuman kirmagan. Vaqtni ko‘p olib qo‘ygani sababli ijtimoiy tarmoqlarga uncha xohish bildirmagan”, — deydi xonandaning matbuot kotibi Dilbahor Xudoyberdiyeva.

Ozodbek Nazarbekovdan Shahzodagacha: mashhurlarning Instagram’dagi soxta akkauntlari

Dilbahor Xudoyberdiyevaning aytishicha, o‘quvchilari soni bir necha o‘n mingga yetgan “Ozodbek Nazarbekov”larni kim yuritayotgani noma’lum. “Ozodbek Nazarbekov bu sahifalarni matbuot kotibim yuritayotgan bo‘lsa kerak, deb indamay yurgan ekanlar. Biz Instagram’ga bu profillar soxtaligini bildirib, rasmiy xat ham yozganmiz. Tez orada soxta Nazarbekovlar o‘chiriladi” — dedi Dilbahor Xudoyberdiyeva.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн