Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xonanda Tamila: Xuddi menga o‘xshaydigan qizni topib, videoga tushirib, so‘ng tarqatishgan

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 703           Дата: 13-02-2016, 10:30          
Xonanda Tamila (Esmeralda Rahmatova) internetda tarqalib, shov-shuvlarga sabab bo‘lgan axloqsiz videolarning birida o‘zi aks etgani haqidagi avvalgi izohini rad etdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.

Xonanda Tamila: Xuddi menga o‘xshaydigan qizni topib, videoga tushirib, so‘ng tarqatishgan

“Bilasizmi, sha’nimga shunchalar ko‘p e’tiroz yog‘ildiki, oxiri ko‘rinmayapti. Lekin ikkita videodagi qiz ham men emasman. Bu menda xusumati bor odamlarning ishi, deb bilaman. Xuddi menga o‘xshaydigan qizni topib, tasvirga tushirib, tarqatib yuborishgan”, — dedi Tamila.

Shov-shuvli videolar tarqalgan ilk kunlarda Tamila “Sayyod.com”ga bergan intervyusida videolarning birida o‘zi tasvirlanganini tan olgandi.

“O‘sha kuni ‘Sayyod.com’ saytidan Sardor Komilov qo‘ng‘iroq qilib, ‘Ikkita videodagi sizmi?’, deb so‘radi va u nima haqida gapirayotganini tushuntirmadi. O‘zining loyihalaridagi videolarni nazarda tutayotgandir, degan o‘yda: “Ha, bittasidagi menman”, deganman. Ochig‘i, o‘sha damda nima bo‘layotganini tushunmay turgandim”, — dedi xonanda.

“Darakchi” gazetasi so‘roviga ko‘ra, “Sayyod.com” sayti Tamila bilan bo‘lgan qo‘ng‘iroq audioyozuvini taqdim etgan. Unda Sardor Komilovning: “Hammayoqda shov-shuv. Ikkita video tarqalgan?”, — degan savol ohangidagi gapiga, Tamila: “Juda yaxshi, ikkinchisi meniki emas, birinchisidagi menman”, — deb javob bergan. Izoh so‘ralganida, Tamila: “Yo‘q, izohlay olmayman”, — degan.

Bir muddat avval Tamila deb taxmin qilinayotgan qizning axloqsiz harakatlari aks etgan videoyozuv messenjerlarda tarqalib ketgandi. Shundan so‘ng xonandaning prodyuseri Najot Agzamov u bilan shartnomani bekor qildi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi esa xonandaning litsenziyasini tugatdi.



Tamila: Toshkentdaman, hech qayerga qochib ketganim yo‘q! (video)



- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн