Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shakira Facebook’da 100 million obunachi to‘plab, rekord o‘rnatdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 2 519           Дата: 21-07-2014, 20:33          

Kolumbiyalik pop-yulduz Shakira Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi muxlislari soni 100 milliondan oshgan birinchi shaxs bo‘ldi. Bu haqda Al-Arabiya telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi, deya yozadi Daryo.uz.

Shakira o‘g‘li bilan JCh—2014’ning yopilish marosimida. Foto: ria.ru

Turli tillarda qo‘shiq kuylaydigan Shakira muxlislar soni bo‘yicha Eminem (91,9 million) va Rianna (89 million)dan oshib ketdi.

Qo‘shiqchi, ayniqsa, Braziliyadagi mundial vaqtida ijtimoiy tarmoqning faol foydalanuvchilaridan bo‘lib, JCh stadionlarida suratga olgan ko‘plab fotolavhalarini joylab borgan. Ular ichida Rio-de-Janeyrodagi “Marakana” stadionida olingan fotosurat eng ko‘p — 3,5 milliondan ko‘proq “layk” to‘plagan.

Facebook’ning asoschisi va bosh rahbari Mark Sukerberg Shakirani shunday katta miqdorda obunachilar to‘plagani bilan tabrikladi. Qo‘shiqchi esa, o‘z navbatida, Facebook haqida iliq fikrlar bildirdi. “Ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Facebook men kabi boshqa san’atkorlarga ham sahna va muxlislar orasidagi bo‘shliqni yo‘qotishga yordam berdi”, — dedi yulduz.

Shuningdek, u o‘z muxlislariga ajratgan e’tiborlari uchun minnatdorchilik bildirdi va ularga bag‘ishlangan maxsus video tayyorlab, Facebook’dagi sahifasiga joyladi.

Eslatib o‘tamiz, 13-iyul kuni Jahon chempionatining yopilish marosimida Shakira o‘zining “La la la (Brazil 2014)” taronasi bilan muxlislarni xushnud etdi.




Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031