Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xonanda Rayhon yangi konsert dasturida ko‘p qo‘shiqlarini jonli kuylaydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 710           Дата: 30-01-2016, 13:10          
Xonanda Rayhon yangi konsert dasturida tomoshabin uchun yangilik bo‘ladigan o‘ziga xoslikni topish oson bo‘lmaganini ma’lum qildi. Xonanda bu haqda “Shov-shuv.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Xonanda Rayhon yangi konsert dasturida ko‘p qo‘shiqlarini jonli kuylaydi

“Yangi shou tomoshabin uchun yangilik bo‘lishi kerak. Yangilikni topdik ham — eski ommabop qo‘shiqlarimga yangi nafas berdik. Musiqiy yangilanish! Vokal bo‘yicha ko‘p shug‘ullandim. Chunki bu yilgi dasturimda ko‘p qo‘shiqlarimni jonli kuylayman”, — dedi xonanda.

Rayhon yangi konsert dasturida asosan O‘zbekiston xalqi haqida kuylashni maqsad qilgan.

“Ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz. O‘sib kelayotgan yangi avlodlar ham bugungi insonlar bilan faxrlanishini istayman. Millat ayirmayman. Men uchun ikki toifa odamlar bor, xolos. Yaxshi yo yomon. Umuman, dunyodagi turli millat egalariga boqib, bir xulosa qilish mumkin: o‘zbeklar baribir boshqacha! Konsertimdagi bosh tematika – millatimizga xoslikdir!”, — dedi xonanda.

Eslatib o‘tamiz, xonanda Rayhonning 2016-yilgi konsert dasturi 23—27-fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн