Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xonanda Lola: O‘z qalbim sohibi bilan oila qurganimda, bundan sobiq erim ham mamnun bo‘ladi, degan fikrdaman

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 866           Дата: 23-01-2016, 12:30          
Xonanda Lola (Yo‘ldosheva) “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida sobiq turmush o‘rtog‘i bilan hozirgi munosabatlari, uning uylanishi, farzandlari o‘rtasidagi munosabatlar haqida fikr bildirdi.

Xonanda Lola: O‘z qalbim sohibi bilan oila qurganimda, bundan sobiq erim ham mamnun bo‘ladi, degan fikrdaman
[media=]

Lolaning sobiq turmush o‘rtog‘i Shohrux uylangani haqida 18-yanvar kuni ma’lum bo‘ldi. “Bekajon”dagi intervyu esa ushbu marosimdan avval uyushtirilgan.

“Biz anchadan beri birga yashamaymiz, har birimizning o‘z hayotimiz bor. Unga yaxshi munosabatdaman, farzandlarimning mehribon otasi. Doim yaxshi turmush o‘rtoq bo‘lgan, shu tomonlama uni hurmat qilaman”, — dedi Lola.

“Eng muhimi, biz ajralishdan so‘ng ham bir-birimizga bo‘lgan hurmatni saqlab qoldik. O‘rtada farzandlarimiz bor, shu sabab bugungacha gaplashib turamiz. U dam olish kunlarini bolalarimiz bilan birga o‘tkazadi”, — dedi xonanda.

“Bilasizmi, er-xotin ajrashayotgan paytda, qiyin daqiqalarda avvalgi mehr-oqibat, bir dasturxondan choy ichgani, bir yostiqqa bosh qo‘ygani, bir umrga ularni bog‘laydigan farzandlari borligini unutib qo‘yadi”, — deydi Lola.

“Aslida, ajrim boshiga tushgan ayol bilan erkak, hech bo‘lmasa, farzandlari oldida samimiy munosabatni saqlab qolishlari kerak. Axir bolalarimiz bizdan andoza oladi”, — dedi xonanda.

“To‘yi bo‘layotgani, turmush qurayotganiga kelsak, unga faqat baxt tilayman, uning baxtli bo‘lishini xohlayman. Nasib bo‘lsa, men ham bir kun kelib, o‘z qalbim sohibi bilan oila quraman, bundan u ham mamnun bo‘ladi, degan fikrdaman”, — deya qo‘shimcha qildi Lola.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031