Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bred Pitt Yangi Orleanda “Katrina” dovuli tufayli boshpanasiz qolgan oilalar uchun 100 dan ziyod uy qurib berdi (foto)

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 998           Дата: 18-12-2015, 19:50          

10 yil avval Yangi Orleanga shaharni yer bilan bitta qilgan, minglab kishilarni hayotdan olib ketgan va ko‘plab oilalarni boshpanasiz qoldirgan AQSh tarixidagi eng vayronkor “Katrina” dovuli yopirildi. Mazkur fojia taniqli aktyor Bred Pittni larzaga soldi va u ofat qurbonlariga yordam berish uchun Make It Right fondiga asos soldi. Bu haqda “AdMe.ru” hikoya qildi.

Foto: Daily Mail

Ofatdan eng ko‘p Louer Nint Yard tumani jabr ko‘rdi — hudud deyarli to‘liq suv ostida qoldi, binolar esa vayronaga aylandi. Pitt va fond tomonidan yig‘ilgan mablag‘ga ushbu tumanda 109 ta uy qurildi.

Foto: Daily Mail

 

Aktyor taniqli me’morlarni taklif etdi va binolar rejasini tayyorlashda shaxsan ishtirok etdi. Qurilish boshlanganda aktyor uning barcha bosqichlarini o‘zi nazorat qildi.

Foto: Daily Mail

 

Uylar eng zamonaviy ekotexnologiyalar va “yashil” qurilish tamoyillari asosida qurildi, tomlarga quyosh batareyalari o‘rnatildi.

Foto: Daily Mail

 

Joli va Pitt 2005-yilda o‘zlari ham Yangi Orleanda hashamatli imorat sotib oldi va uni o‘zlarining ikkinchi uylariga aylantirdi.

Foto: Daily Mail

Uylar qoyilmaqom qurildi: tabiiy ofatlarga chidamli, ekologik talablarga javob beruvchi va ko‘rkam. Aktyor  boshidan shuncha tashvish o‘tgan odamlar chiroyli va arzirli boshpanaga ega bo‘lishlarini istagandi.

Foto: Daily Mail

Yangi uylarga ko‘chib o‘tgan oilalarning quvonchi ichiga sig‘masdi. Loyiha ustida ishlash davomida Pitt ular bilan yaxshilab tanishib oldi.

Foto: Daily Mail

Endi bu tumanni tanib bo‘lmaydi. U allaqachon mahalliy diqqatga sazovor joylardan biriga aylangan, bu yerdan sayyohlarning qadami uzilmaydi.

Foto: Daily Mail

 

Aktyor oilalar devor ranglarini o‘zlari tanlashini istagandi. Ularning barchasi huddi kelishib olgandek yangi hayot timsoli sifatida oq, sariq, yashil, moviy kabi hayotbaxsh ranglarni ma’qul ko‘rdi.

Foto: Daily Mail

 


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031