Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Fransua Olland, Jastin Biber va shahzoda Garri yilning eng yuksak did bilan kiyinuvchi shaxslari deb topildi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 641           Дата: 18-12-2015, 18:06          

Fransiya prezidenti Fransua Olland, kanadalik xonanda Jastin Biber va britaniyalik shahzoda Garri 2015-yilning eng yuksak did bilan kiyinuvchi kishilari ro‘yxatidan o‘rin oldi. “Gazeta.ru” xabariga ko‘ra, ro‘yxat Financial Times gazetasi tomonidan e’lon qilingan.

Foto: Financial Times

Ro‘yxatdan siyosiy arboblar, musiqachilar, aktyorlar va boshqa mashhurlar o‘rin olgan bo‘lib, e’tiborli tomoni, ular alohida o‘rinlar bo‘yicha saralab chiqilmagan.

Yilning eng yuksak did bilan kiyinuvchi insonlari orasida, jumladan, aktrisa Siyenna Miller, Jennifer Lourens, Dakota Jonson, Julianna Mur va Lea Seydu bor. Shuningdek, “Yulduzlar jangi” kinosagasining yettinchi qismi rejissori Jey Jey Abrams va aktyor Kolin Farrell ham ro‘yxatga kirgan.

Bundan tashqari, reytingda Lineyzi Montero va Kendall Jenner kabi modellar ham bor. Yuksak did bilan kiyinuvchilar orasidan AQShning sobiq birinchi xonimi Hillari Klinton, Buyuk Britaniya moliya vaziri Jorj Osborn va Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ham o‘rin olgan.

Shuningdek, futbol murabbiyi Kike Sanches Flores, yozuvchi Marlon Jeyms, One Direction guruhi vakili Garri Stayls, Vanessa Paradi va Jonni Deppning qizi — Lili Rouz Depp, xonanda va shoir Patti Smit ham ro‘yxatga kiritilgan.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031