Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Nilufar Usmonova to‘rtinchi bor operatsiya stoliga yotish arafasida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 194           Дата: 1-01-2017, 19:10          
Nilufar Usmonova to‘rtinchi bor operatsiya stoliga yotish arafasida

Xonanda Nilufar Usmonova «Qalampir.uz» nashriga bergan intervyusida to‘rtinchi bor operatsiya stoliga yotish arafasida ekanligi haqida aytib o‘tdi.

Xonanda ayni damda farzand kutmoqda. To‘rtinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘lish arafasida turgan Nilufar Usmonovaga shifokorlar farzand ko‘rishni kechiktirishi, uning salomatligi bunga javob bermasligini aytishgan edi. Buyragidagi muammolarga qaramay Nilufar Usmonova fikridan qaytmadi. Xonanda bu haqda gap ochilishini istamagan bo‘lsa-da intervyu davomida javobdan qochgani yo‘q.

“Homiladorlik kasalli, deb kim aytdi? To‘g‘ri, farzand dunyoga keltirish oson ish emas, lekin men shu bolalarim uchun yashamasam, kim uchun yashayman.. Shularni bag‘rimga bosganimda hayotning bor g‘am-tashvishi unut bo‘ladi.

Shifokorlar buyragim sabab farzandli bo‘lishim xavfli ekanini aytishdi. Lekin ularning vahimalariga ham quloq soladigan bo‘lsak, hamma narsa yig‘ishtirib qo‘yishimizga to‘g‘ri keladi. Yaratgandan o‘zimga ham, farzandimga ham umr so‘rayman va hozirgi holatimdan nolimayman”.

Xonanda farzandini dunyoga keltirish haqida gapirar ekan, 2015 yilning dekabr oyida homilasi nobud bo‘lganini ham qo‘shimcha qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, u yaqindagina Istanbulda bo‘lib, shifokorlar nazoratidan o‘tib kelgan.

“Istanbulga tez-tez borishimning birinchi sababi ijod bo‘lsa, ikkinchisi homiladorligim. U yerda shifokorlarning nazoratida bo‘ldim. Boisi to‘rtinchi bor tig‘ tagiga kiraman. Kesarcha kesish yo‘li bilan farzand dunyoga keltirish nima ekanini ayollar juda yaxshi tushunishadi”, deydi xonanda.

Nilufar Usmonova Yaratgan bergan homilasini atayin nobud qilayotganlar, o‘z oyog‘i bilan abort qildirishga borayotganlarni qaroridan qaytarish uchun har narsaga tayyor ekanini aytarkan, farzandidan kechayotganlardan nafratlanishini ham qo‘shimcha qildi:

“Yaratgan bitgan taqdirni bandasi o‘chirishga haqsiz. U farzand dunyoga kelish uchun yaratilganmi, demak, u tug‘ilishi kerak”.

Xonanda Nilufar Usmonova ishtirokidagi “Qalampirmunchoq” ko‘rsatuvini yaqin soatlarda tomosha qilishingiz mumkin.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Новости партнеров

Календарь новостей

«    Март 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031